So’nggi yangiliklar

10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  0 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  6 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  3 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  8 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  8 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Zoir To'raqulov: “Mana shu o'yin holatimizni yo'qotmasak, hammasi ijobiy hal bo'ladi” Yangiliklar

Zoir To'raqulov: “Mana shu o'yin holatimizni yo'qotmasak, hammasi ijobiy hal bo'ladi”

“Buxoro” – “SHo'rtan” o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach, “Oq bo'rilar” jamoasi ustozi eng birinchi navbatda o'z shogirdlariga ajoyib va mazmunli o'yin uchun rahmat aytdi:
-Bugun, garchi jamoamiz mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, shogirdlarimga rahmat aytaman. Hammasi o'yin oldidan berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. To'g'ri, futbolda natija muhim. Lekin qo'lga kiritiladigan natija avvalo o'yin sifati va mazmuniga bog'liq. Bugun yutqazdik, lekin mana shu o'yin holatimizni yo'qotmasak, ertaga ishonchim komil biz albatta, ijobiy natijaga erishamiz.

-Ketma-ket muvaffaqiyatsizlik girdobidan yigitlarni qanday olib chiqish rejasi bor?
-Bosh murabbiy sifatida men, klub rahbariyati avvalo yigitlarning o'ziga ishonamiz. Ayni paytda tarkibimizda to'p surayotgan bir qator yoshlar bilan birga, Asror Aliqulov, Yaroslav Krushelnickiy, Jamol Otaqulov, Aziz Alijonov, Pavel Solomin, Andrey Vlasichev kabi tajribali futbolchilar bor. Bu yigitlar futbolda birinchi kun emas. SHunday ekan ularning tajribasiga suyangan holda qolgan uchrashuvlarda eng maksimal ochkolarni to'play olamiz. Qolaversa uy o'yinlarimizda fidoyi muxlislarimiz daldasiga ham katta umid bilan qarayapmiz.

-“SHo'rtan”ning xavfli “hududdan” chiqib ketishiga qanchalik darajada ishonasiz?

-Har bir inson ertangi kunga umid bilan yashaydi. Men esa bosh murabbiy sifatida yigitlarimizning salohiyatiga, imkoniyatiga ishonaman. “SHo'rtan” oliy ligaga munosib jamoa, demak har qanday holatda ham elitada o'z o'rnimizni saqlab qolish uchun eng maksimal darajada bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

-Hozir milliy terma jamoamizning JCH-2014 saralash turniri “pley-off” bosqichidagi ishtiroki munosabati bilan qisqa tanaffus yuzaga keldi. Jamoaning keyingi uchrashuvlariga tayyorgarligi qanday kechadi?
-Bayram munosabati bilan futbolchilarga biroz dam beriladi. 3 sentyabr kuni G'uzordagi qarorgohimizda yig'ilamiz va tayyorgarligimizni davom ettiramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика