So’nggi yangiliklar

13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда ўз дарвозасидан гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон дунёдаги энг яхши мамлакат"  0 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  2 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  9 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  9 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  4 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  10 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2

Zohir Pirimov: "Navbahor" safarda ham g'alaba qozona oladi" Yangiliklar

Zohir Pirimov: "Navbahor" safarda ham g'alaba qozona oladi"

Bir necha yil davomida "Olmaliq" sharafini himoya qilgan, o'tgan mavsum "Buxoro"da to'p tepgan Zohir Pirimov 2018 yilgi mavsumni Namanganning "Navbahor" klubi safida boshladi.

Yarim himoyachi "lochinlar"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib ulgurdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Biz 10-turdan o'rin olgan "Buxoro"ga qarshi bahsdan keyin tajribali futbolchi bilan suhbat qurdik.

- CHempionat "Navbahor" uchun omadli boshlandi, biroq keyin pasayish bo'ldi...

- Mavsumning dastlabki ikki turini safarda o'tkazdik. Ilk turda Bekobodda durang va Olmaliqda g'alaba qozondik. So'ngra o'z uyimizda "Lokomotiv"ni taslim qildik. Keyin esa biroz pasayish bo'ldi, tan olaman. Umuman bu mavsumda barcha jamoalar deyarli teng kuchli ekanligini barcha ko'rib turibdi. Musobaqa jadvaliga qarang, hamma jamoa mag'lub bo'lishga ulgurdi. Oson o'yining o'zi bo'lmayapti. Har bir bahs finaldek o'tmoqda. Qaysidir o'yinlarda ochko yo'qotdik.

- O'tgan yil "Buxoro"da o'ynadingiz, ammo o'zingizni ko'rsata olmadingiz. SHu bois ushbu klubga qarshi bahsda o'zgacha ishtiyoq bilan tushdingizmi?

- Yo'q, bu narsa xayolimda yo'q edi. To'g'ri o'tgan yil "Buxoro"da u qadar ishlarim yurishmadi. Balki bir klubda ko'p yillar davomida o'ynab muhitni o'zgartirganim uchundir "Buxoro"ga kirishib keta olmadim. Ulug'bek Baqoevni hurmat qilaman, unga nisbatan hech qanday g'arazligim yo'q. Balki o'tgan yil buxoroliklar o'yin uslubiga tushmagandirman. SHu bois "Buxoro" bilan uchrashuvga oddiy o'yindek tushdim. Bir tur oldin o'z uyimizda "Neftchi"ni yuta olmadik. Harakat qildik, ammo o'xshamadi. SHu sabab muxlislar oldida qarzimiz bor edi. "Buxoro"ni safarda mag'lub etib o'sha qarzni uzdik deb o'ylayman. SHukurki og'ir o'yin bo'lishiga qaramay safarda 3 ochko oldik.

- Ko'pchilik "Buxoro"ga qarshi o'yinda "Navbahor" futbolchilari o'yinni ko'p bor vaqt cho'zishdi deb aytishmoqda. Bunga qanday qaraysiz?

- Mag'lub bo'layotgan har qanday jamoa raqibi vaqt cho'zayapti deb o'ylaydi. Bu tabiiy hol. Agar Akbar To'raevni aytishayotgan bo'lsa u maydonga jarohat bilan tushgandi, shu bois uchrashuvda ko'p bor shifokorlar yordamiga ehtiyoj sezdi. Muxlislar agar jamoasi yutqazayotgan bo'lsa raqib futbolchisi jarohat chetdan vaqt cho'zayotgandek tuyuladi. Masalan, bir tur oldin "Neftchi" bilan o'yinda ham farg'onaliklar deyarli shunday o'ynashdi va ko'plab futbolchilarga shifokorlar yordam berishdi. Ammo o'sha o'yinda biz raqibga hech qanday etiroz bildirmadik.



- Barcha "Navbahor"ni uy jamoasi demoqda. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Bu jamoaga yaqinda keldim. Aytishlaricha ikki yildan buyon "Navbahor" Namanganda hech kimga yutqazayotgan ekan. Bu yil etibor qilsangiz safarda ham ko'plab ochkolar jamg'ardik. SHunday ekan biz faqat uy jamoasi emasmiz. O'z maydonimizda yutqazmayotganimizda muxlislarning xissasi juda katta. Bu erda doim raqib safida o'ynagandim. O'zim "Navbahor" tarkibida o'ynab O'zbekistondagi eng yaxshi muxlislar ekanligiga amin bo'ldim.

- Superligadagi o'zgarishlar haqida nima deya olasiz?

- Superligadagi o'zgarishlardan keyin boshida to'g'risi qanday bo'larkin deb o'ylardik. Ko'rib turibmiz, har bir o'yin shiddatli o'tmoqda. Agar unday ruhda davom etsa 1-2 yilda saviya juda yuqoriga ko'tariladi. Masalan, musobaqa jadvalida pastda yurgan jamoa bitta g'alaba bilan yuqoriga, yuqoridagi jamoa esa bitta mag'lubiyat bilan pastga tushib ketishi hech gap emas. Raqobat juda kuchli.

- Ilhom Mo'minjonov bilan birinchi bor ishlayapsiz. U qanday murabbiy ekan?

- Superligada 10ta tur ortda qolgan bo'lsa, Ilhom Mo'minjonov bilan ishlash menga yoqmoqda. CHunki futbolchilarga maydonda ayniqsa oldi chiziqdagi o'yinchilarga erkinlik yaratib beradi. Ruhiy jihatdan ham futbolchilarni o'yinga yaxshi tayyorlaydi. SHu tomonlama ushbu murabbiy qo'l ostida ishlash menga manzur bo'lmoqda.

- Superligada yaxshi natijalar qayd etayotgan "Navbahor" O'zbekiston kubogi 1/16 finalida quyi liga vakili bo'lgan "Andijon"ga yutqazib qo'ydi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- To'g'ri "Andijon"ga yutqazib qo'ydik. Bunga sabab sifatida undan oldin Superliga doirasida Jizzaxda "So'g'diyona" bilan bahsda 2:0 hisobida oldinda borib yakunda yutqazib qo'ydik. O'sha o'yin bizga juda kuchli ruhiy zarba bo'ldi. O'sha mag'lubiyatdan keyin ko'p vaqt o'zimizga kela olmadik. SHu orada Andijonga bordik va bitta gol o'tkazib kubokdan chiqib ketdik.


- "Lochinlar" safidagi legionerlar haqida qanday fikrdasiz?

- Darko Stanoevichni tanishtirib o'tirish shart bo'lmasa kerak. U bilan Olmaliqda birga o'ynaganman. Juda ham barqaror o'yinchi. Himoyachi Tomislav Payovich o'zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda. SHuningdek Nenad Inyac ham jamoaga yordam bermoqda. So'nggi turlarni qo'lidan olgan jarohati tufayli o'tkazib yubordi. Tez orada Inyac maydonga tushadi deb o'ylayman.

- Yaqindagina 2019 yilgi Osiyo Kubogi musobaqasi uchun qura tashlandi. Unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan bir guruhdan joy oldi. Qura haqida fikrlaringiz?

- Osiyo Kubogida kuchsiz jamoa bo'lmaydi. Har bir jamoa saralashdan o'tib final bosqichiga chiqqan. Har bir futbolchi o'z mamlakati shani uchun harakat qiladi. Guruhda Yaponiya va O'zbekiston favorit. Menimcha Ummon va Turkmanistonni mag'lub eta olamiz. Yaponiya bilan o'yinda guruh g'olibi masalasi hal bo'ladi deb o'ylayman. O'zbekiston terma jamoasiga Osiyo Kubogida omad tilayman.


Narzulla Saydullaev


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика