So’nggi yangiliklar

15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  1 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  2 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  16 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  8 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  46 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  11 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  13 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  9

Zohid Nurmatov: “PFL Kubogida ishtirok etamiz” Yangiliklar

Zohid Nurmatov: “PFL Kubogida ishtirok etamiz”

Xabaringiz bor, “Navbahor” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ayni paytda milliy terma jamoamiz bilan birga Avstraliyada bo'lib turibdi.
SHu bois “lochinlar”ning yig'iniga uning yordamchilari Nurmatov, Bayramov va Zaxareckiy boshchilik qilmoqda. Kuni-kecha tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini yakunlagan namanganliklarning katta murabbiyi Zohid Nurmatov bilan suhbatlashib, ayrim savollarga javob oldik.

- Zohid aka, “Navbahor”ning yangi mavsumga ko'rayotgan tayyorgarligi qanday ketmoqda? Murabbiy sifatida yig'indan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Avvalo shuni aytib o'tishim kerakki, dekabr oyidagi jamoamizning birinchi bosqich yig'inida ishtirok eta olmadim. Negaki bu vaqtda men Toshkentda “A” murabbiylik licenziyasi uchun o'qidim. SHu bois u paytda yig'in Mustafo Bayramov va Sergey Zaxareckiy boshchiligida o'tdi.
Takidlash lozimki, yigitlar ikkinchi bosqich yig'iniga o'zlarini yaxshi tayyorlay olgan. CHunki yanvar oyida o'tkazilgan mashg'ulotlarda shunga amin bo'ldim. Kamchiliklar yo'q emas. Ularni bartaraf etish yo'lida ishlayapmiz. Bosh murabbiyimiz milliy terma jamoada bo'lsada, har kuni telefon orqali gaplashib turibmiz. Tabiiyki mashg'ulotlar ham uning ishlab chiqqan dasturi asosida o'tmoqda.

- Bosh murabbiyning yo'qligi yigitlarga tasir o'tkazmayaptimi?
- Baribir jamoada bosh murabbiyning o'rni bilinadi. Lekin bizda professional futbolchilar yig'ilgan. SHunday ekan ular avvalo o'zlari uchun ham mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishi lozim.

- Yanvar oyidagi ikkinchi bosqich yig'inida o'zingiz bevosita ishtirok etdingiz. Xulosangiz qanday?
- Yomon emas. Hammasi reja asosida ketmoqda. Futbolchilar o'z ishiga jiddiy yondoshmoqda deyish mumkin.

- Yaqinda “Qo'qon-1912” bilan sinov-nazorat uchrashuvida ishtirok etdinglar. SHu o'yinda kamchilik va ijobiy tomonlarni ko'rib olgan bo'lsanglar kerak?
- Albatta. Nazorat uchrashuvi aslida ham shunga kerak. Natija muhim ahamiyat kasb etmaydi. O'zimizning zaif tomonlarimizni bilib oldik. Endi shuning ustida ishlaymiz.

- Mazkur yig'inda ishonchni oqlamagan o'yinchilar bo'ldimi?
- Yo'q, hozircha hech qaysi futbolchi bilan xayrlashmadik. Bosh murabbiyimiz va klub rahbariyatining sayi xarakatlari evaziga o'tgan yilgi tarkibning deyarli 80 foizini saqlab qolishga erishdik. Endi tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida ayrim o'yinchilarni safimizga qo'shib olyapmiz. Kimlar bilan xayrlashish esa Baxtiyor Ashurmatov Toshkentga qaytib kelganidan so'ng aniq bo'ladi.

- Endigi yig'inda asosiy etibor nazorat uchrashuvlarini tashkil etishga qaratilsa kerak?
- Ha, shunday. 19 yanvardan “O'zbekiston” mehmonxonasida yig'ilamiz. Mashg'ulotlar bilan bir qatorda uchta sinov-nazorat o'tkazishga kelishib olganmiz. SHuningdek fevral oyida boshlanadigan PFL Kubogi turnirida ishtirok etishni rejalashtirganmiz.

- Toshkentdagi yig'inda tarkibga xorijlik futbolchilar ham kelishi haqida malumotga egamiz. SHu rostmi?
- Ha. O'tgan mavsum jamoamiz sharafini himoya qilgan belorussiyalik Yuriy Rijko bo'lajak yig'inimizga etib kelishi kutilyapti. Keyin undan tashqari serbiyalik hujumchi ham ko'rikdan o'tadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика