Zidan: “Top darajadagi murabbiylar ko'p, ammo u eng zo'ri”
25 fev 2020 20:50
Yangiliklar
Zidan: “Top darajadagi murabbiylar ko'p, ammo u eng zo'ri”
“Real” ustozi “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan “shaharliklar” murabbiyi Pep Gvardiola haqida iliq fikr bildirdi.
ECHLning 1/8 finalidan o'rin olgan “Santyago Bernabeu”dagi bellashuv ertaga tungi 01:00ga belgilangan.
“Gvardiola dunyoning eng yaxshi murabbiyimi? U buni “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti”da ko'rsatdi. Top darajadagi mutaxassislar ko'p, ammo u eng zo'ri. “Siti”da to'pni nazorat qilish bilan birga boshqa kuchli jihatlar ham mavjud. Biroq, asosiysi biz nima qilishimiz zarurligi muhimroq. Mana shunisi bizni ko'proq qiziqtiradi”, – deydi murabbiy.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar