Zidan: “Jamoam bilan faxrlanaman”
24 okt 2020 22:03
Yangiliklar
Zidan: “Jamoam bilan faxrlanaman”
La Liga 7-turi doirasida “Barselona” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin “Real” ustozi o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Ideal o'yin o'tkazdik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Endi esa tiklanishimiz va g'alabadan xursand bo'lishimi kerak.
Natijadan zavqlanamiz, keyin seshanba kuni “Borussiya M”ga qarshi o'yin haqida o'ylashni boshlaymiz, bunga yaqin qolgan. So'nggi kunlarda bizga yog'ilgan tanqidlarga keladigan bo'lsak, bunga xotirjamlikni saqlab, o'z o'yinimizda davom etishimiz kerak deb javob beraman. Ular asosli emasdi.
Futbolchilar uchun xursandman, aynan ular maydonda kurashadilar. Jamoa o'z xarakteriga ega. Biz buni bugun namoyish qildik.
Jamoam bilan faxrlanaman. Bu ideal o'yinimiz orqali qo'lga kiritilgan jamoaviy g'alabamizdir”, deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar