Zidan: "Har bir jamoa La Ligada g'alaba qozonish imkoniyatiga ega. Mavsum hali tugamadi"
10 apr 2021 09:10
Yangiliklar
Zidan: "Har bir jamoa La Ligada g'alaba qozonish imkoniyatiga ega. Mavsum hali tugamadi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Atletiko"da ustunlik bor. Nima bo'lmasin, chempionat g'olibi haqidagi savol oxirigacha ochiq turadi.
La Liga raqobatga boy va ajoyib musobaqa. Bu erda har bir jamoada g'olib chiqish uchun imkoniyat bor. Biz oxirigacha kim g'alaba qozonishi mumkinligini bilmayapmiz.
Yana hali ko'p ochko to'plashimiz kerak. Biz himoyani yaxshigina kuchaytirdik. Agar g'alaba qozonishni istasak, ajoyib o'yin ko'rsatishimiz lozim.
Mavsum hali tugamadi va biz xech narsa yutmadik. Biz mehnat qilishdan to'xtab qolmasligimiz kerak", - dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar