So’nggi yangiliklar

20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  14 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  126

JCH-2014 stadionlari. “Arena de Korintians” (San Paulu) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Arena de Korintians” (San Paulu)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni boshlaymiz.
“Arena de Korintians” 2012 yil Jahonda tengsiz bo'lgan klubning stadioni. Bu erda 12 iyun kuni mundialning ochilish o'yini bo'lib o'tadi. Unda Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari to'qnash kelishadi.

Dastlab Jahon chempionati o'yinlari San-Pauludagi “Morumbi” stadionida bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq FIFA 2011 yil oktyabr oyida “Korintians” stadionini tasdiqladi.

“Arena de Korintians” nomi JCH vaqtida o'zgarishi mumkin. Sababi klub bu nomni mundial vaqtida 220 million evroga sotishi mumkin.



To'liq nomi: "Arena Corinthians"
Qurilish boshlangan: 2011 yil 30 may
Ochilish marosimi: 2014 10 may
Stadion egasi: "Korintians" klubi
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: http://www.corinthians.com.br/arena/



Stadion haqidagi qiziqarli faktlar
 
Stadionning o'z bag'riga 48234 nafar tomoshabinni qabul qiladi. Lekin Jahon chempionati oldidan qo'shimcha 20 ming o'tiradigan joy tayyorlanadi. FIFA qonunlariga ko'ra mundialning ochilish o'yini 65 ming tomoshabindan kam stdaionda o'tmasligi kerak;
 
Stadionning umumiy maydoni 198 000 kv.m, u 3274 ta ustun, 11682 plitadan tashkil topgan. Tomning umumiy maydoni 32 000 kv.m;
 
FIFA bu stadionni – "Arena de San-Paulu" deb ataydi. Bu “Korintians” muxlislariga yoqmasligi aniq, sababi San-Paulu bu faqat shahar va shtat emas, klubning eng azaliy raqiblaridan biri ham;
 
Jahon chempionatidan so'ng stadiondagi qurilish ishlari davom ettiriladi. “Arena de Korintians”ning yakuniy ko'rinishi 2015 yilda namoyon bo'ladi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
12 iyun

Braziliya – Xorvatiya

19 iyun
Urugvay – Angliya

23 iyun

Gollandiya – CHili

26 iyun
Janubiy Koreya – Belgiya

1 iyul
1/8 final (F1 – E2)

9 iyul
Yarim final
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика