So’nggi yangiliklar

00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  2 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  19 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  4 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  101 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  21

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Kot-d`Ivuar Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Kot-d`Ivuar

Jahon chempionati "S" guruhi vakili Kot-d`Ivuar jamoasi bilan tanishtirib o'tamiz.
Bu terma jamoasi so'nggi yillarda Afrikaning eng kuchli jamoalari qatorida tilga olinib kelmoqda. Bu bejizga emas albatta. Ushbu mamlakat futboli ohirgi yillarda jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Agar Kot-d`Ivuar jamoasining uzoq tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu terma jamoa o'zining ilk katta g'alabasini 1992 yilga kelib qo'lga kiritadi. Senegalda bo'lib o'tgan Afrika millatlar kubogida chempionlikni qo'lga kiritadi. Ular finalda Gana bilan o'yinda "lotoreyalar" bahsida zafar quchishadi. Ushbu g'alabadan so'ng, Kot-d`Ivuar termasi 1994 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida favoritlar sifatida ishtirok etishadi. Lekin o'shanda Nigeriya terma jamoasi Kot-d`Ivuarni ortda qoldirib ketadi va yakunda Jahon chempionati yo'llanmasidan quruq qoladi. Keyingi ikkita mundialni ham ular tomoshabin sifatida kuzatishga majbur bo'lishadi.



Kot-d`Ivuar terma jamoasining omadli yillari 2006 yilga kelib yana boshlanadi. Aynan o'sha yili Dide Drogba etakchiligidagi Kot-d`Ivuar Germaniya bo'lib o'tgan mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Lekin ularga qurada omad kulib boqmaydi va ular mundialdagi ilk ishtiroklarini "o'lim" guruhida boshlashga majbur bo'lishadi. Garcha jamoa guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan bo'lsada, o'shanda afrikaliklar o'z o'yinlari bilan ko'plab futbol ishqibozlarini qalbidan joy olishadi.

Kot-d`Ivuarning Jahon chempionatlaridagi ilk golini Dide Drogba Argentina terma jamoasi darvozasiga kiritadi. SHundan so'ng Gollandiya bilan bo'lgan o'yinda ham Kot-d`Ivuar munosib harakat qiladi va yakunda 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchrab, guruhdan chiqish imkoniyatini qo'ldan boy beradi. Guruh bosqichi so'nggi turida Serbiya bilan bahs boylagan Kot-d`Ivuar 3:2 hisobida raqibini mag'lub etib, mundial tarixidagi o'zining ilk g'alabasini nishonlashga muvofaq bo'lishadi.



SHuni qo'shimcha qilib aytib o'tish mumkinki, 2006 yilgi mundialda Kot-d`Ivuar safidan o'rin olgan barcha futbolchilar legioner maqomiga ega bo'lishadi va ichki chempionatdan hech kim to'p tepmaydi. Bu o'ziga xos rekord hisoblanadi.

Germaniya bo'lib o'tgan mundial Kot-d`Ivuarlik futbol muxlislari o'z jamoalari o'yini katta olqishlar bilan qabul qilishadi va o'z mamlakatlariga uarni katta bayram qilib kutib olishadi. Aynan o'sha yili ushbu terma jamoaning dunyo bo'ylab ko'p ming sonli muxlislari paydo bo'lgan va butun dunyo shunday terma jamoa borligidan xabar topgani ham haqiqat.



Terma jamoaninig bunday natija va yangi pog'onaga chiqishida Dide Drogba, Zokora, Yaya Ture, Abul Qadir Keyta, Jil Yapi Yapo, Aruna Kone, Aruna Dindan, Bakari Kone, Emerse Fae, Kolo Ture, Emmanuel Ebue kabi futbolchilarning xizmatlari beqiyos bo'lgan.

SHundan so'ng Kot-d`Ivuar keyingi JARda bo'lib o'tgan mundialning final bosqichida ham ishtirok etishga muvofaq bo'ldi. Lekin ular yana aguruh bosqichidan nariga o'ta olishmadi. Lekin shuni yana takrorlash kerakki, o'sha mundialda ham Kot-d`Ivuar yana "o'lim" guruhidan joy olgandi. Portugaliya, Braziliya va KXDR jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi va guruhni yana uchinchi o'rin bilan tugatishga majbur bo'lishadi.



O'shanda Kot-d`Ivuar faqtgina Braziliyaga imkoniyatni boy beradi, qolgan ikki o'yinning birida Portugaliya bilan durang va KXDRni mag'lub etishadi.

Bu terma jamoaning so'nggi paytlarda ko'rsatayotgan o'yinlari va natijalari maqtovga loyiq. Bu safar ham jamoa Braziliyada bo'ladigan mundial chiptasiga ega chiqdi. Kot-d`Ivuar ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bu jamoa uchun yangi rekord hisoblanadi.

Kot-d`Ivuar hozirgacha Jahon chempionatlarida oltita o'yin o'tkazgan va shularning ikkitasida g'alaba qozongan. Qolgan uchta bahsda mag'lubiyat alamini tortib ko'rgan bo'lsa, yana bir o'yinda durang qayd etgan. To'plar nisbati: 9-9.



Kot-d`Ivuar terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil:
1960

Bosh murabbiy: Sabri Lyamushi (Franciya)

Jamoa sardori: Dide Drogba

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Zokora (118 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Dide Drogba (63)

ilk o'yini: Kot-d`Ivuar - Dagomeya 3:2 (1960 yil)

Eng yirik g'alabasi: Kot-d`Ivuar - Madagaskar 6:0 (2001 yil)

Eng yirik mag'lubiyati: Kot-d`Ivuar - Gana 2:6 (1971 yil)

FIFA reytingidagi o'rni
: 17

Erishgan yutuqlari:

Afrika Millatlari kubogi sohibi: (1992)



Kot-d`Ivuarning kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Barri (Lokeren), Gboxuo (Seve Sport), Sayuba (Stabek), Sangare (Asek Mimozas).

Himoyachilar: Akpa (Valansen), Ore (Tuluza), Boka (SHtutgart), Diarrassuba (CHaykyur Rizespor), Ja Jeje (Marsel), Kolo Ture (Liverpul), Zokora (klubsiz), Bamba (Trabzonspor), Angua (Valansen).

Yarim himoyachilar: Di (Bazel), Diomand (Sent-Eten), Tiote (Nyukasl), Yaya Ture (ManSiti), YA Konan (Gannover), Jakpa (Ayntraxt F), Gradel (Sent-Eten).

Hujumchilar: Bolli (Fortuna D), Boni (Suonsi), Drogba (Galatasaroy), Dumbiya (CSKA), Kalu (Lill), Sio (Bazel), Jervino (Roma), Traore (Everton).


SHahboz Beg'amov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика