Neymar va "Real" futbolchilari Braziliya terma jamoasiga chaqirilmadi
26 avg 00:54
Yangiliklar


Neymar va "Real" futbolchilari Braziliya terma jamoasiga chaqirilmadi
Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Chili va Boliviyaga qarshi JCH-2026 saralash bahslari uchun milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.
Darvozabonlar: Alisson ("Liverpul"), Bento Krepski ("Al Nassr"), Ugo Souza ("Korintians");
Himoyachilar: Alessandro ("Lill"), Aleks Sandro ("Flamengo"), Kayo Enrike ("Monako"), Duglas Santos ("Zenit"), Fabrisio Bruno ("Kruzeyro"), Gabriel Magalyaes ("Arsenal"), Markinos (PSJ), Vanderson de Oliveyra ("Monako"), Uesli Fransa ("Roma");
Yarim himoyachilar: Andrey Santos ("Chelsi"), Bruno Gimaraes ("Nyukasl"), Kazemiro ("Manchester Yunayted"), Joelinton ("Nyukasl"), Lukas Paketa ("Vest Xem");
Hujumchilar: Estevao ("Chelsi"), Gabriel Martinelli ("Arsenal"), Joao Pedro ("Chelsi"), Kayo Jorje ("Kruzeyro"), Luis Enrike ("Zenit"), Mateus Kunya ("Manchester Yunayted"), Rafinya Dias ("Barselona"), Risharlison ("Tottenxem").
Takidlash kerakki, Anchelotti "Santos" hujumchisi Neymar va "Real"ning braziliyalik o'yinchilaridan hech kimni milliy jamoaga chaqirmadi. Murabbiy o'tgan mavsum Madrid jamoasini boshqargan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar