Farhod Nishonov: "Olimpik" 10 kishi bo'lib qolganiga qaramasdan, astoydil kurashdi"
25 avg 19:54
Yangiliklar


Farhod Nishonov: "Olimpik" 10 kishi bo'lib qolganiga qaramasdan, astoydil kurashdi"
"Uchrashuv qiyin kechdi. Yigitlarimiz o'zimiz xohlagandek o'yin namoyish etolmadi. Muhimi, 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Bunday o'yinlar ham uchrab turadi.
Futbolni bunday o'ynab bo'lmaydi. Bu futbolchilarimiz keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq o'ynashi uchun zamin yaratadi deb o'ylayman. Kimlardir o'ziga ortiqcha baho berib yuborgan ko'rinadi. Futbolchilar "Olimpik"ning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqib harakat qildi va bu ruhiyatga tasir qilmasdan qolmadi, o'yinga bo'lgan munosabat boshqacha ekanligi bilinib turdi. Raqib 10 kishi bo'lib qolganiga qaramasdan, astoydil kurashdi", – dedi Nishonov.
- "Olimpik" qizil kartochka olgunga qadar uchrashuvda katta ustunlikka ega bo'lib turgandi. "Olimpik-MobiUz"ning o'yini chiqmadi. Bunga oxirgi o'zaro o'yinda yirik hisob qayd etilgani sabab bo'ldimi?
- O'yinni yaxshi boshlagandik, lekin birinchi taym oxiriga kelib ustunlikni berib qo'ydik. Bu normal holat deb o'ylayman. Oldimizda yana bir taym bor edi. "Olimpik" 10 kishi bo'lib qolgach, bizda muammolar tug'ildi, chunki to'liq himoyada o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar