Yamal va jamoadoshlari Flikka quloq solmayapti(mi)?! Bunday kambeklar "Barselona"ning ustunligi emas, zaifligini bildiradi
25 avg 18:39
Yangiliklar


Yamal va jamoadoshlari Flikka quloq solmayapti(mi)?! Bunday kambeklar "Barselona"ning ustunligi emas, zaifligini bildiradi
"Barselona" – yosh bolalar jamoasi. Flik shogirdlarini enagalariga, yani ularning onalari, ayollari va qiz o'rtoqlariga ishonib topshiradi. Biroq Levandovski va Yamal yana birga bir maydonda bo'lganida, murabbiy ularning bolalarcha boshqarib bo'lmas energiyasi qarshisida ojiz qoladi. Xansi "Sug'ur kuni" filmi bosh qaxramonidek, faqatgina bolalar bog'chasida ishlaydi. Kuni-kecha Levandovski 37 yoshni qarshi oldi, uning bayram tortida esa quyidagi jumla bor edi: "Tashqi ko'rinishim 15 yoshdagidek, men o'zimni 12 yoshlidek his qilyapman va lekin 10 yoshli boladek tutyapman. Bu narsa meni 37 yoshga aylantiryapti".
Birinchidan, Levandovski qanchalik yaxshi sport formasini saqlab qolmasin, 15 yoshli boladek emas. Ikkinchidan, o'zini undan ham yosh boladek his qilayotgani haqidagi ikki punkt, bu uning jamoasi uchun chinakam chaqiriq. Kataloniyalik futbolchilar o'zlarini 10 yoshli bolalardek tutishmoqda va 12 yoshdagi "bezori bolalardek" ko'rinishni istayapti. La Liga birinchi turida "Malorka" taslim etilgach, Flik jamoasini ochiqchasiga tanqid ostiga oldi. Ko'pchilik germaniyalik murabbiy qaysidir manoda kamtarlik qilyapti, deb o'yladi, ammo o'yin kartinasi Chempionlar Ligasi g'olibiga "Barselona" o'smayotganiga ishona qilgan bo'lsa ajab emas.
Xansi "Malorka" futbolchilariga etarlicha hurmat ko'rsatmagan shogirdlari bilan jiddiy suhbat qurishini aytdi. Favoritdan omad yuz o'girmadi va jamoa vaziyatdan g'olib bo'lib chiqdi. Xuddi yosh bolalardagidek bezorlikdan keyingi tarbiyaviy suhbatning ijobiy natijasi deyarli ko'rinmadi — futbolchilar Flikning so'zlarini unchalik jiddiy olmagan ko'rinadi. Tanaffusgacha "Barselona" "Levante"dan ikkita to'p o'tkazib yubordi. Ular aynan Flik taqiqlagan ishga qo'l urdi. Xansi asabiylashmoqda.
"Levante" himoyasiga uyushtirilgan muntazam bosim golga olib bormadi, "Barselona" esa raqibning ikki aniq zarbasidan 2 ta gol o'tkazib yubordi. Romero avvaliga Kubarsi va Arauxoni dog'da qoldirdi, bo'lim oxirida esa qarshi hujum vaqtida to'p jarima maydonchasi ichida Baldening qo'liga tegdi va mezbonlar penaltidan farqni ikkitaga oshirishdi. "Levante" g'alabani ushlab qola olmadi, lekin Flikka nafaqat ochkolar, balki o'yinning o'zi ham muhim hisoblanadi. "Barselona" futbolchilari avvaliga 3 ta gol urib, keyin maydonda o'zi istagan qiliqlarini qilishi va balki bo'shashi mumkin edi. Lekin jamoa bunday oson yo'lni tanlamaydi.
"Remontadalar qirollari" – aslida maqtov emas
Oxirgi vaqtlarda "Barselona" – remontada qirollariga aylanayotgan, uning futbolchilari esa – La Ligada qiyin vaziyatlardan chiqib ketish bo'yicha ustasi farang bo'lib ketmoqda. O'yinga qaytib, salbiy hisobni ijobiy natijaga o'zgartirish, jamoa ilk daqiqalardan o'yinda bo'lmaganini bildiradi. Kataloniyaliklar La Liga doirasida ikkita to'p farqi bilan hisobda ortda qolayotgan to'rtta o'yinida g'alaba qozondi. "Levante"dan avval bu holatga "Real", "Selta" va "Atletiko" jamoalari tushgandi. Yani mart oyidan buyon to'rtta shunga o'xshash vaziyat kuzatilgan. Etiborli tomoni, Simeone jamoasi darvozasiga 72-daqiqadan boshlab, o'yin oxirigacha to'rtta to'p urilgan.
Bunday o'yinlardan keyin futbolchilar istasa-istamasa har qanday vaziyatdan chiqib keta olaman, deb o'ylay boshlaydi. Natijada, Flik bor kuchi bilan erishmoqchi bo'layotgan himoyadagi koncentraciya bo'lishi deyarli imkonsiz. Har bir chiziq vakili epizodlarda oxirigacha yugurmasa, golkiper hamma vaziyatda ham qutqara olmaydi – Garsiya "Levante"dan o'tkazib yuborilgan har ikki golda ham bosh aybdor emas. Kambeklar "Real" va "Atletiko"ga qarshi uchrashuvlarda ham amalga oshirilgach, "Barselona" futbolchilari o'zlarini butkul boshqa darajada his qila boshlashdi. "Inter"dan uchralgan mag'lubiyat jamoa uyg'onishi uchun etarli bo'lmadi.
2015 yillarda "Barselona" muxlislari azaliy raqibi "Real" oxirgi 10 yilda faqat bir bor Chempionlar Ligasida zafar quchganini bot-bot tilga olar, o'z sevimlilari esa bu orada to'rt marta bosh sovrinni boshi uzra ko'targani bilan g'ururlanishardi. Keyingi o'n yillikda esa "Barsa" biror marta finalda maydonga tushmadi, "Real" esa yana 5 ta kubokni klub muzeyiga olib ketdi. "Barselona" butun tarixida shuncha g'alabaga erishgan. Flik haq, kataloniyaliklarning jiddiy muammosi mavjud: Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun futbolchilar qator zararli odatlaridan voz kechishi kerak.
"Selta" va "Levante"ga qarshi o'yinlardagi remontada "Real"ni La Liga jadvalida ortda qoldirish imkonini bermoqda. Ichki kuboklarda zafar quchish yoqimli, muxlislar esa trebldan xursand. Biroq "Barselona" moliyaviy muammolari masshtabi ancha kattaligi barchaga malum. Ularga nafaqat ichki musobaqalarda g'olib bo'ladigan, chiroyli o'yin ko'rsatadigan, balki maksimal foyda olib keladigan jamoa zarur. Buning uchun Chempionlar Ligasida g'olib bo'lish talab etiladi, u erda esa bosimga chidamliroq va "Barsa" himoyasidagi xatolardan "Levante"dan ko'ra unumliroq foydalana oladigan jamoalar bor.
Yamal va uning do'stlari Flikni hurmat qilmaydi
Pedagogik jihatdan o'yinchoqlarini yana yoyib tashlagan, lekin o'ynab bo'lgach, ularni yig'ishtirishga qarashib yuborgan bolani urishish noto'g'ri bo'ladi. Boshqa tomondan hali to'liq shakllanib ulgurmagan shaxsiyatga uning o'zboshimchaligi etiborsiz qolishi mumkinligini ko'rsatish ham noto'g'ri bo'ladi. Flik ancha qiyin vaziyatda qoldi. Uning qo'l ostida juda kuchli, lekin nafaqat o'zgarmayotgan, balki o'zgarishni istamaydigan jamoa bor. Kuni-kecha Yamal "Levante" bilan uchrashuv vaqtida noo'rin harakatlardan tashqari, raqib jamoa muxlislariga qarata tufladi.
Afsuski, ispaniyalik Messini emas, Neymarning qiliqlarini ko'chirayotgandek. Vaholanki katta futbolda aynan Lionel uzoq vaqt cho'qqida turgani hech kimga sir emas. Leo La Liganing birinchi va ikkinchi turlari orasidagi tanaffusda Monakoga ko'ngilhushlik qilish uchun borib kelmagan. To'g'ri, qaysidir manoda 18 yoshli yigitcha uchun soch turmagi va qizlar hayotining bir bo'lagi bo'lishi tabiiy jarayondir, biroq futbolchi etarlicha uxlamasligining o'zi jarohatlar seriyasiga sabab bo'la oladi. Messi esa bor etiborini o'yinga qaratgan va aynan futboldan zavq olgan. Yamalning sakkiz zarbasidan faqatgina ikkitasi mo'ljalga aniq bordi. Pedrining golidagi assistga ham yuqori baho berib yuborish qiyin, sababi u vaziyatdagi shedevrda Laminning hissasi bir muncha kam.
Aynan Yamalning uzatmasidan keyin raqib himoyachisi to'pni darvoza to'riga burib yuborgani omadli holat, lekin 91-daqiqadagi gol evaziga qo'lga kiritilgan bu kabi g'alaba — g'ururlanish uchun asos emasdek. "Barselona" iqtidorlari, murabbiyga havas bilan qarar, lekin uning qarorlarini hurmat qilmayapti. Buni muhim uchrashuvlarda to'psiz o'yindagi ko'plab xatolardan ko'rib olish qiyin emas. Top darajadagi jamoa murabbiylar shtabi mehnatini qadrlaydi va o'tgan mavsum ECHLda bo'lgani kabi "Inter"ga yutqazmaydi, Ispaniyaning o'zida turli darajadagi raqiblarga ikkita to'p farqi bilan oldinga o'tib olish imkonini bermaydi. Kambeklar yaxshi, lekin ular muntazam ravishda bo'lishi yomon signal. "Barselona" kambeklarga hojat qoldirmay g'alaba qozonishni o'rgansa, katta jamoaga aylanadi.
Flik uchun eng alamlisi u o'yinchilariga yuz marotabalab qaerda xato qilinayotganini tushuntirib, maydon chetidan himoyachilarga ko'p bor ovozini boricha u yoki bu vaziyatda qanday harakat qilish zarurligi bo'yicha ko'rsatmalar berdi. "Barselona" ustozi "Benfika" bilan o'yindagi g'alabadan keyin (4:5) durang natija uchun ham xursand bo'lishini aytgandi. Germaniyalik o'sha bahsda himoyadagi xatolar oqibatida Pavlidis birinchi bo'limning o'zida xet-trik rasmiylashtirganini hazm qilishi qiyin bo'lgandi. Rafinya o'sha kuni jamoani qutqarib qolgandi. Biroq syujet va xatolar takrorlanaversa – Ispaniya Kubogida "Atletiko"ga qarshi 4:4ni ham yodga oling, yorqin kambeklar "Barselona"ning hujumkor va tomoshabop o'yinining ustunligi emas, jamoaning zaifligini bildiradi.
Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бу одатингизни никнеймларга қўйган номларингиздан сезганман.