So’nggi yangiliklar

00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  1 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Eron Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Eron

Jahon chempionati "F" guruhining Osiyo vakili Eron terma jamoasi haqida to'xtalib o'tamiz.

Eron terma jamoasi Osiyoning eng tajribali jamoalaridan biri sanaladi. Ushbu terma jamoa Jahon chempionatlarida ishtirok etish bo'yicha bo'yicha ham Osiyo jamoalari ichida etarli tajribaga ega hisoblanishadi.
Eron terma jamoasi shu paytgacha uch marotaba mundial ishtirokchisiga aylanishgan. Braziliyadagi mundial ular uchun to'rtinchisi bo'ladi. 


Bu terma jamoa 1968-1976 yillar mobaynida Osiyoda haqiqiy etakchilik qilishgan. Ketma-ket uch bor Osiyo chempionligini nishonlagan eronliklar yaqin yillar ichida eski natijalarini takrorlay olishmay kelishmoqda. Jamoa har doim favoritlar qatorida tilga olinadi. Lekin Eron 28 yildan buyon xalqaro maydonda birorta sovrinni qo'lga kiritolmay kelmoqda. So'nggi musobaqalarni chorak finalga yakunlayotgan Eron terma jamoasida avlodlar almashuvi kuzatildi. Eron tarkibida bir qator dunyoga mashhur futbol yulduzlari to'p tepishgan. Ali Dai, Ali Karimi, Mexdi Mexdavikiya singari futbolchilari terma jamoa safida hech bir yutuqqa erisha olishmagan bo'lsada, Eron safida Jahon chempionatida qatnashishga muyassar bo'lishgan.
Eron terma jamoasi ilk bor mundialda 1978 yilda qatnashgan. Keyinchalik 20 yillik tanaffusdan so'ng, 1998 yilda Franciyada o'tkazilgan Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangan. Keyinchalik 2006 yildagi chempionatda qatnashishga muvofaq bo'lgan. Jamoa hozircha uzliksiz ushbu musobaqada ishtirok eta olmayapti. SHuningdek, Eron terma jamoasi guruh bosqichidan nariga o'ta olishmagan. Bu chempionatda ham ularning imkoniyatlari u qadar yuqori emas. Sababi, Eron joy olgan guruhdan Argentina, Bosniya va Gercegovina va Nigeriya kabi kuchli jamoalar to'planishgan. Eronning asosiy maqsadi bu Braziliyadagi musobaqada munosib tarzda ishtirok etish.


Hozirda jamoani porutgaliyalik tajribali Karlos Keyrush boshqarib bormoqda.  

Hozirgi tarkibidagi eng tajribali futbochi bu Javod Nekunam hisoblanadi.  


Eron terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil: 1920

Mintaqasi: OFK

Bosh murabbiy
: Karlos Keyrush (Portugaliya)

Jamoa sardori: Javod Nekunam

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Ali Dai (149 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Ali Dai (109)

FIFA reytingidagi o'rni: 37

Ilk o'yin: Ozarbayjon - Eron 11:0 (1929 yil)

Eng yirik g'alabasi: Eron - Guam 19:0 (2000 yil)

Eng yirik mag'lubiyati: Ozarbayjon - Eron (1929 yil)

Erishgan yutuqlari:
Osiyo chempioni
: (1968, 1972, 1978)



Eron terma jamoasi yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: Daniel Davari ("Ayntraxt", Braunshveyg, Germaniya), Alireza Xagigi ("Sporting", Kovilyan, Portugaliya), Raxman Axmadi ("Sepaxan");

Himoyachilar
: Xosseyn Maxini, Djalal Xosseyni, Mexrdad Puladi (hammasi - "Persepolis"), Stiven Beytashur ("Vankuver Uaytkeps", Kanada), Pexman Montazeri ("Umm-Salal", Katar), Amir-Xusseyn Sadegi, Xashem Beykzadex (ikkalasi - "Esteglyal"), Axmad Alenemex ("Naft"), Exsan Xadjsafi ("Sepaxan");

Yarim himoyachilar
: Djavad Nekunam ("Kuveyt"), Andranik Teymuryan ("Esteglyal"), Reza Xagigi ("Persepolis"), Gasem Xadadifar ("Zob Axan"), Baxtiar Raxmani ("Fulad"), Ashkan Dedjaga ("Fulxem", Angliya);

Hujumchilar
: Masud SHodjai ("Las-Palmas", Ispaniya), Alireza Djaxanbaxsh (NEK, Niderlandy), Reza Guchannejad ("CHarlton", Angliya), Karim Ansarifard ("Traktor Sazi"), Xosro Xeydari ("Esteglyal").



SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика