So’nggi yangiliklar

10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  0 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  5 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  3 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  8 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  8 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Jamshid Boltaboev: "Raqiblarimiz bizdan qo'rqsin" Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: "Raqiblarimiz bizdan qo'rqsin"

O'smirlar terma jamoamiz Toshkentda uchta nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Eronga qarshi o'tgan uchrashuvlarda ikki g'alaba, bitta mag'lubiyatga uchragan jamoamiz BAAda bo'lib o'tadigan JCH-2013ga tayyorgarlik ko'rmoqda. Eronga qarshi uchrashuvlardan so'ng terma jamoamiz azosi va 2013 yilning "Eng yaxshi  yosh futbolchisi" deya etirof etilgan futbolchimiz bilan suhbatlashdik.

- Jamshid ikki g'alaba, bir mag'lubiyat va tayyorgarlik. Bu borada umumiy fikringiz qanday?
- Hozircha faqat tayyorgarlik olib borayapmiz. Oldimizda o'ta masuliyatli musobaqa turibdi. Eron o'smirlari ustidan oson g'alabaga erishdik. Ko'p imkoniyatlardan foydalana olmagan bo'lsak ham biz to'liq tashabbusni qo'lga oldik. Mag'lubiyat ham bo'ldi lekin biz so'nggi uchrashuvda ko'proq hujumkor o'ynashni va murabbiylarimiz ko'rsatmasiga binoan boshqa taktikalarni ham sinovdan o'tkazdik.  Xulosa qiladigan bo'lsak bu uchrashuvlar bizga va jamoamiz o'yiniga katta o'zgarishlar olib keldi.

- Eron ustidan g'alabalar oson bo'ldi demoqdasiz? Bunday g'alabalar bizga katta musobaqada pand berib qo'ymasmikin?
- Unday deb o'ylamasdim. Misol uchun, Yaponiya bilan Osiyo chempionatidagi finalidan so'ng o'yinimizga ishonch ortdi. Hozir biz Eronni yutsak keyinchalik to'qnash kelganlarimizda agar biz masuliyatni xis qilsak Eronni barcha uchrashuvlarda mag'lub etishimiz mumkin. Bunga sabab Eron o'smirlari hamisha O'zbekiston bizni doim  yutgan degan o'y bilan maydonga tushadi va ularga ortiqcha bosim bo'ladi. SHunda bizga imkoniyat oshadi. Ochig'ini aytsam biz raqibdan emas, raqiblar bizdan qo'rqishsin.

- Albatta shunday lekin JCH-2013 da jamoamiz kamida sakkizlik natijasini takrorlashi kerak. Bunga sabab hammaga ayon. Undan past natija biz uchun ijobiy deb bo'lmaydi.

- Buni his qilmoqdamiz va shunda munosib o'yin ko'rsatamiz. Jamoamizda ishonch bor. Bu eng asosiysi deb o'ylagan bo'lar edim. Hamma bemmalol ayta oladi. Biz BAAga chempionlikni qo'lga kiritish uchun boramiz.

 
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика