So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Jafar Irismetov: "Toshkentda ikkita hujumchi bilan o'ynasa ham bo'ladi" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "Toshkentda ikkita hujumchi bilan o'ynasa ham bo'ladi"

O'z vaqtida goleador hujumchi sifatida qaralgan Jafar Irismetov bugungi kunda butsalarini mixga ilganligini aytib o'tish kerak.
Endilikda o'zini murabbiylik sohasida sinab ko'rishni maqsad qilgan sobiq futbolchi milliy terma jamoamiz safida 36 o'yin (2312 daqiqa) o'tkazib, raqiblar darvozasiga 15 bor yo'l topa olgan.

"Uchrashuv hamyurtlarimizning ustunligi ostida o'tdi", - deya gap boshladi Irismetov. "Ochig'i, Iordaniyadan bunday darajada bo'sh o'yin kutmagandim. Sababi ular o'z muxlislari qarshisida ikki xissa kuch bilan harakat qilishadi deb o'ylagandim. Raqibning sustligidan vakillarimiz unumli foydalanishga o'tishdi. Bu albatta qoniqarli natijani keltirdi. Tan olish kerak, futbolchilarimiz bahsda asosan birinchi navbatda natija uchun o'ynadi. Hisobni 1:1 ko'rinishga keltirganidan so'ng, yigitlar ko'proq natijani ushlab qolish va safardan kamida durang bilan qaytishni o'ylab to'p surishdi".

"Menimcha uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jasur Hasanov bo'ldi. CHap qanot yarim himoyachimiz boshqalarga nisbatan faol o'yin namoyish etdi. O'z qanotidan raqib himoyachilariga katta qiyinchilik tug'dira oldi. Qolaversa o'yindagi yagona golimiz ham aynan Hasanovning to'p oshirishidan so'ng yuz berdi".

"Ammandagi o'yinda hujum chizig'da harakat qilgan Nasimov va Baqoevga ortiqcha etiroz yo'q. Ular qo'ldan kelganicha yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildi. Ularning hech biriga o'yin davomida golga aylantira oladigan darajada paslar oshirilmadi. Lekin shunga qaramay oldingi chiziq vakillarining foydasi tegdi deb o'ylayman. Xususan Bahodir Nasimov birinchi bo'limda himoyaga qaytib ham burchak to'pi amalga oshirilayotgan chog'larda ancha yordam berdi. Uning o'rniga tushirilgan Ulug'bek Baqoev esa o'zi uchun oshirilgan to'plarni ushlab turib, raqib futbolchilarini chalg'ita oldi. Menimcha endi Toshkentda bo'lib o'tadigan javob bahsida murabbiylar bu ikkala hujumchini ham boshlang'ich tarkibda tushirsa bo'ladi. CHunki bo'lajak o'yinda ham gol urishimiz muhim sanaladi.

Umuman olganda, javob uchrashuvida imkoniyatlarimiz yuqori. Umid qilamanki, yigitlarimiz Iordaniyani Toshkentda mag'lubiyatga uchrata oladi. JCHga chiqish imkoniyatlarimiz haqida esa hozirdan bir nima deyish qiyin. CHunki keyingi bosqichda kim bilan ro'baro' kelishimiz nomalum bo'lib turibdi. Agarda Urugvay bilan to'qnash keladigan bo'lsak, biz uchun oson bo'lmasligi aniq".

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика