Zanolo "Milan" bilan kelishib oldi
24 jan 2023 17:25
Yangiliklar
Zanolo "Milan" bilan kelishib oldi
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo shartnoma bo'yicha "Milan" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, "rossoneri" 23 yoshli italiyalik futbolchiga bonuslarni hisobga olmaganda 3,5 million evro maosh bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan bitim taklif qilgan.
Futbolchining o'zi faoliyatini "Milan"da davom ettirmoqchi, ayni damda klub "Roma" bilan transfer summasi borasida muzokara olib bormoqda. Rimliklar futbolchi uchun kamida 30 million evro olmoqchi.
Zanolo 2022/23 yilgi mavsum rimliklar tarkibida 17 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta to'p kiritdi hamda 3 ta golga pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar