So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Zafar Xolmurodovdan bugungi ikkita o'yinga bashorat Yangiliklar

Zafar Xolmurodovdan bugungi ikkita o'yinga bashorat

Nihoyat, orziqib kutgan kunlar keldi. Bugun anchadan beri kutilgan Superliga 1-tur bahslari start oladi.

Biz bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin oldidan taniqli sobiq hujumchi, faoliyatining yorqin damlarini "Nasaf" va "Mashal" klublarida o'tkazib, Qashqadaryo faxriga aylangan yulduzlardan biri Zafar Xolmurodovga yuzlandik. Xolmurodov bugungi o'yinlar borasida o'z fikrini bildirdi.

- "Mavsum endi boshlanyapti. Ko'p jamoalarning tarkibi keskin o'zgarib ketgan, shu bois birinchi turdan oldin aniq bir narsa deyish qiyin. SHunga qaramay, bugungi ikkita uchrashuvga o'z fikrimni bildirib o'taman".  

"Qizilqum" - "Lokomotiv" haqida:

- "Bugun Navoiyda mavsumning ochilish o'yini bo'ladi. Stadionga ko'plab muxlislar kelishi kutilmoqda. Bu o'yinda "Lokomotiv" favorit, chunki bu jamoa tarkibi ancha shakllangan, qolaversa, "Loko" chempionlar ligasida o'z o'yinini kuchaytirib oldi. "Qizilqum" haqida esa biror gap aytish qiyin. Bir nechta yangi futbolchilar tarkibga qo'shilgan deb eshitdim. "Qizilqum" bugun durang o'ynashi yoki g'alaba qozonishi mumkinmi? Mumkin albatta, mana yaqinda ko'rdik, "Espanol" ham o'z uyida "Real"ni mag'lub etdi. SHunday ekan, bu - futbol. Lekin mening taxminim "Lokomotiv" 3:1 hisobida g'alaba qozonsa kerak".

"Neftchi" - "Nasaf" haqida:

- "O'yin tomonlama "Nasaf" kuchli, lekin "Neftchi" maydon egasi sifatida o'ynaydi. Farg'onaliklar ham ko'plab yangi o'yinchilar bilan shartnoma tuzishdi. Ammo yangi tarkibning birdaniga yaxshi o'ynab ketishi oson bo'lmaydi. "Nasaf"da esa o'yin ancha shakllangan. "Nasaf" ham "Lokomotiv"ga o'xshab OCHLda o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Menimcha, bugun "Neftchi" asosan ishtiyoq evaziga o'ynaydi. Lekin aytib o'tganimdek, 1-tur oldidan aniq gap aytish mushkul. Taxminim esa "Nasaf" 2:0 hisobida g'alabaga erishadi".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика