Rasman: "Arsenal" Gyokereshni 63,5+10 mln evroga sotib oldi
26 iyu 23:14
Yangiliklar
Rasman: "Arsenal" Gyokereshni 63,5+10 mln evroga sotib oldi
Hujumchi Viktor Gyokeresh "Sporting"dan "Arsenal"ga o'tdi.
Klub hujumchining transferini va u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanganini rasman elon qildi.
Avvalroq, "Arsenal" Shveciya terma jamoasining 27 yoshli forvardi uchun "Sporting"ga 63,5 million evro to'lashi malum bo'lgandi. Yana 10 mln bonus sifatida ko'zda tutilgan.
Viktor Portugaliyada ikki mavsumni o'tkazdi va ikkalasida ham chempionatning eng yaxshi to'purari bo'ldi - u mos ravishda 29 va 39 ta gol urdi.
Gyokeresh "Sporting" safida barcha musobaqalarda jami 102 ta o'yinda 97 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar