So’nggi yangiliklar

11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  18 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  16 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7

Zabihillo O'rinboev: “Ushbu g'alaba orqali tarixni yangilay oldik” Yangiliklar

Zabihillo O'rinboev: “Ushbu g'alaba orqali tarixni yangilay oldik”

O'zbekiston U-23 terma jamoasi sardori Zabihillo O'rinboev O'FF rasmiy saytiga intervyu berdi va g'alaba uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.

U-23 Osiyo chempionati chorak finalida Yaponiyani yirik hisobda mag'lub etib, OCH yarim finaliga chiqqan

“Ushbu g'alaba orqali tarixni yangilay oldik. Ushbu turnirlar tarixidagi hozircha eng yaxshi natijani ko'rsatdik. Albatta, bu borada bizni qo'llab-quvvatlab turgan O'FF rahbariyatiga va muxlislarga rahmat. Biz g'alabalar bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

O'FF rahbariyati bizni uchrashuvlardan oldin qo'llab-quvvatlab turibdi. Bu albatta, bizga har bir uchrashuvdan oldin kuch beradi. Qolaversa, bugungi sovuqda stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan o'zbekistonlik muxlislarga alohida rahmat.

Biz Yaponiyaga qarshi uchrashuvni juda yaxshi o'tkazdik. Futbolchilar bor kuchlari bilan o'ynashdi. Ushbu g'alaba bilan barchani tabriklayman. Bugungi uchrashuvdan oldin O'FF prezidenti Umid Ahmadjonovning terma jamoaga yo'llagan murojaatnomasini o'qib chiqdik va bundan albatta, xursand bo'ldik. Bu etibor va ishonch bizga yanada masuliyat yuklaydi. Ushbu turnirda terma jamoaga bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilamiz”, - dedi O'rinboev.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика