"Yuventus"ning yana bir qancha qing'ir ishlari ochiqlandi. Klubdan yana 15 ochko olib tashlanishi mumkin!
27 jan 2023 00:43
Yangiliklar
"Yuventus"ning yana bir qancha qing'ir ishlari ochiqlandi. Klubdan yana 15 ochko olib tashlanishi mumkin!
Oldinroq Turin klubi 15 ochkodan mahrum qilingan va shu sababli A Seriya turnir jadvalida 10-o'ringacha tushib ketgandi. UEFA esa klubni endi evrokuboklardan chetlatish variantlarini ko'rib chiqayotgani esa "o'lganni ustiga tepgandek" bo'lib turgandi.
Italiya federal prokuraturasi klubning yana bir qancha qing'ir ishlarini aniqladi. "Yuve" kovid davrida, yani, 2019/20 va 2020/21 yilgi mavsumda sirli ravishda futbolchilar bilan 4 oylik maoshdan voz kechish borasida kelishuvga erishmoqchi bo'lgan. Bu esa Italiya qonunlariga zid hisoblanadi. O'shanda futbolchilar bundan bosh tortgan bo'lishsa-da, klub futbolchilarga faqat bir oyning pulini to'lagan. Ammo keyinchalik futbolchilarga bu pullar o'tkazib berilgan.
Prokuratura bu holatni firibgarlik deb atagan va "Yuventus"dan yana 15 ochko olib tashlanishini talab qilmoqda. Undan tashqari klubni kattagina jarima kutib turgan bo'lishi ham mumkin. Agarda "Yuventus"dan yana 15 ochko olib tashlanadigan bo'lsa, so'nggi o'rindagi "Kremoneze" bilan ochkolar teng bo'lib qoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar