"Yuventus"ning Sancho bilan shartnoma imzolashi uchun birgina muammo halaqit qilmoqda
23 avg 2024 23:57
Yangiliklar
"Yuventus"ning Sancho bilan shartnoma imzolashi uchun birgina muammo halaqit qilmoqda
"Yuventus" Jeydon Sanchoni ijaraga olishni istamoqda.
Italiya klubi hujumkor qanot yarim himoyachilarini izlamoqda. "Fiorentina" futbolchisi Niko Gonsalesning transferi amalga oshmaganidan keyin "byankoneri" Sanchoni "Manchester Yunayted"dan ijaraga olish variantlarini ko'ryapti.
"Yuventus" 24 yoshli futbolchini 40 mln funtga sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilmoqda.
Faqatgina bir muammo bor: maosh. Futbolchi "Yunayted"da yiliga 20 mln evro maosh oladi. "Yuventus" esa bunday katta maosh to'lay olmaydi.
Sancho o'tgan mavsumni Dortmundning "Borussiya"si tarkibida ijarada o'tkazdi. Ushbu mavsumda esa APLning 1-turida "Fulxem"ga qarshi o'ynamadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar