So’nggi yangiliklar

16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  1 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  2 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  26 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6

"Yuventus"ga nima bo'ldi? Yangiliklar

"Yuventus"ga nima bo'ldi?

Ochig'i, Massimiliano Allegri boshqaruvidagi "Yuventus"ning oxirgi ikkita o'yini ko'pchilikda bitta savolni uyg'otdi.

"Yuventus"ga nima bo'ldi?

Italiya Kubogida "Atalanta"dan uchralgan yirik mag'lubiyat va ketma-ket 4 yil qo'lga kiritilgan kubokdan chorak finaldayoq chiqib ketish jamoa uchun kutilmagan natijaga aylandi.

"Atalanta"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoa chempionat doirasida "Parma"ga qarshi saf tortdi. Garchi o'z uyida o'ynashiga qaramasdan turinliklar ikkita to'p farqidagi g'alabani ushlab qolishni uddalay olishmadi. Natijada "Parma" tablodagi 3:1 hisobini 3:3 ko'rinishiga keltira oldi.

Qayd etish kerakki, "Yuventus" oxirgi marta bundan 8 yil avval Luiji Del Neri qo'l ostida ikki o'yinda o'z darvozasidan 6 ta gol o'tkazib yuborgan. Qizig'i, o'shanda ham "Yuventus" yo'liga "Parma" tug'anoqlik qilgan. SHundan buyon jamoa ikkita uchrashuvda bu qadar ko'p gol qo'yib yubormagandi. "Atalanta" va "Parma" jamoalari bu mavsumda "Yuventus"ning o'sha natijasini takrorlashda o'z xizmatlarini ayashmadi.

Yana bir etiborga molik jihat shuki, Allegri "Yuventus"ga kelganidan buyon turinliklar har mavsum, yani ketma-ket 4 yildan buyon uzluksiz "oltin dubl" qayd etib kelishayotgandi. Bu safar esa Italiya Kubogi erta yakunlandi. Ammo Allegrida "Yuventus"da doim qilib kelayotgan ishi, yani "oltin dubl" qayd etish imkoniyati mavjud. Faqatgina bu safar mazkur yumush yanada qiyinlashadi. Sababiki, jamoa buning uchun endi A Seriya bilan birgalikda Evropa CHempionlar ligasida ham zafar quchishi talab etiladi.


To'g'ri, quyidagi ikki o'yin natijasi va o'tkazib yuborilgan 6 gol "Yuventus"ning inqiroz ko'chasida deya elon qilish uchun juda ertalik qiladi. Jamoa ichki chempionatda yakka peshqadam sifatida o'z yo'lida davom etmoqda. Eng yaqin taqibchisi "Napoli"dan 9 ochkoga ilgarilab ketgan. CHempionlik poygasida jamoa qattiq raqobatga duch kelmayapti. ECHLda esa jamoa guruh bosqichini muvaffaqiyat yakunlagan va nimchorak finaldagi raqibi "Atletiko" bilan to'qnashuvga shaylanmoqda. Faqatgina Italiya Kubogi musobaqasi bu safar erta tugadi. Balki bu jamoa uchun yaxshilikka xizmat qilishi mumkin. CHunki turinliklarning bu mavsumdagi eng oliy maqsadi - ECHL.

Italiya Kubogi "Yuventus" uchun o'ta muhim sovrin sanalmaydi. Ayniqsa jamoa ushbu kubokni 4 yildan buyon hech kimga bermay kelayotgandi. Italiya Kubogidan erta chiqib ketish jamoani bor etiborini ECHLga qaratishiga yanada yordam berishi mumkinligi ham ehtimoldan holi emas.

Lekin bir tarafi borki, "Yuventus"ga A Seriyada ko'rinmayotgan raqobat jamoani ECHLning hal qiluvchi pallasiga kelganda bo'shashtirib qo'yishi mumkin. "Yuventus"da bu asorat sezilishni boshladi. Jamoa turnir jadvalida o'zini juda erkin tutgani boisdan ham Kubok bahsida va ichki chempionatda muvaffaqiyatsiz o'yinlarni o'tkazmoqda.


Odatda Allegri qo'l ostida jamoa o'tgan 3 mavsumning startini nisbatan bo'sh o'tkazardi. Qishga yaqin esa jamoa o'yinini yaxshilab, mavsumning hal qiluvchi pallasiga yaqin o'zining optimal sport formasiga kirib olardi. Bu yili esa mazkur jihat borasida ham o'zgarish kuzatildi. Yani, jamoa mavsumni nihoyatda ko'tarinki kayfiyatda boshladi va umuman yo'qotishlarsiz start oldi. Qishga kelib esa odatda kuchayadigan "Yuve"da aksincha holat kuzatilmoqda. Jamoa kuchini butun mavsumga qarab taqsimlashga usta Allegri mazkur holatda qanday echimga kelishi qiziq.

Taktik juda pishiq Allegri hujumdagi futbolchilarning joylashuvini o'ylab mudofaa qurg'onidagi tandemlarga ishlov berishni unutgani sezilib qolmoqda. Jamoa darvozasini avvalgidek Buffon qo'riqlamayapti. Kellini va Bonuchchi esa jarohatlari bois ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yuborishlariga to'g'ri kelmoqda. Tajribali, ammo yoshi ancha o'tib qolgan Barcali esa sug'urta uchun jamoada. Natijada himoya chizig'idagi muammolar yaqqol ko'zga tashlanmoqda.

O'yin amaliyotisiz qolib ketgan himoyachi Benatiya jamoadan ketdi. Uning o'rniga universal himoyachi sanalgan - eski tanish Kaseres  qaytarildi. Iqtidorli himoyachi Ruganiga esa ko'proq o'yin amaliyoti zarur. Krishtianu kelgach barcha etibori va taktik uslublarini aynan hujum chizig'idagi tanlovlarga qaratgan murabbiy - Ronaldu, Dibala va Duglas Kosta singari futbolchilarga maydonda joy topib berishga urinmoqda. Natijada himoyadagi ishlov, uch markaziy himoyachi yoki 4-2-3-1 sxemalari qo'llanilmay qo'yildi. Odatda "Yuventus" Allegri qo'l ostida bir mavsumda kamida 3 xil taktik sxemada o'ynar, lekin bunda o'yin sifati yoki natijaga putur etmasdi.

Mazkur o'yinlar Allegriga ogohlik qo'ng'irog'i sifatida xizmat qilishiga shubha yo'q. Murabbiy mazkur o'yinlar va himoyadagi ochilib qolgan bo'shliqni qanday yopish choralarini yaxshi biladi. Faqat buni amalga oshirishda bazi taktik o'zgarishlar va bu orqali hujum chizig'idagi bazi futbolchilar xizmatidan voz kechishiga to'g'ri keladi.

Allegri bundan buyog'iga markaziy o'yinlarda 3 markaziy himoyachi bilan o'ynashni istab qolsa ajab emas. Aynan mazkur sxemada tajribali sanalgan va haligacha jamoada ushlab turilgan Barcali katta sahnaga chiqishi mumkin. Yoki Kellini va Bonuchchi oldiga "trio" vakili sifatida Rugani qo'shiladi. Natijada qanotlarda lateral futbolchiga ehtiyoj paydo bo'ladi. Bu borada Allegrida muammo yo'q. Tanlov etarlicha. Anyiqsa Spinaccola, Aleks Sandro va Kanselu, kamiga hujumkor vingerlardan ham mazkur rolda foydalanish mumkinligini inobatga olsak, Allegriga bu bosh og'riq bo'lmaydi.


Birgina muammo bu hujum chizig'i. Mazkur sxemada Ronalduning o'rni aniq. Manjukich ham Allegri taktikalarida muhim figura. Dibala yoki Duglas Kostaga esa joy topib berish muammoga aylanadi. Agarda voqealar rivoji shunday ko'rinishda ketaversa, Allegri o'zining zaxira rejalariga o'tishi mumkin. Hozirgi holatda 3 markaziy himoyachi bilan o'ynash sxemasi eng yaxshi echimga o'xshamoqda. Allegri qanday qarorga kelishini esa vaqt ko'rsatadi. SHunisi aniqki, Allegrida bir nechta zaxira rejalari mavjud.

Faqat bir savol o'ylantirmoqda. Allegri jamoalari mavsumni juda sekin boshlab, finishga yaqin tezlikni oshirardi. Bu safar esa aksincha holat kuzatildi. Bunday paytda Allegri qanday chora ko'radi va yakunda jamoa nimalarga erishadi? Italiya chempionligi bu shunchaki vaqt masalasi. ECHLda esa Allegri Ronaldu faktoridan qanchalik foydalanishini vaqt ko'rsatadi.


Hozircha Italiya Kubogi boy berildi. Lekin bu kemtik ECHL orqali to'ldirilishi mumkin. Agarda ushbu kemtik to'ldirilmasa, unda Ronalduning kelishi Allegri qo'l ostidagi "Yuventus"ning eng bo'sh mavsumiga aylanib ketadi. Yoki aksincha...


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика