So’nggi yangiliklar

16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  1 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  2 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  26 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  7

"Yuventus" Moyze Kinning otasiga ikkita traktor qarz ekan Yangiliklar

"Yuventus" Moyze Kinning otasiga ikkita traktor qarz ekan

Teglar :  Moyze Kin
Moyze Kin aslida "Milan"da o'ynashni orzu qilgan edi.

Bir necha hafta avval Roberto Manchini Evropa CHempionatining saralash bahslarida ishtirok etadigan Italiya termasi takibini elon qildi. O'yinchilar orasida "Yuventus" hujumchisi Moyze Kin borligini eshitganlar hayron bo'lishdi. Sababi, endigina 19 yoshga qadam qo'ygan futbolchi "Yuventus" bahslarida deyarli o'ynamadi. Bu mavsum atigi to'rt uchrashuvda ishtirok etib, bittasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Lekin Moyze bir necha bor hujum uyushtirdi. U faoliyati davomida kutilmaganda yuzaga keladigan imkoniyatlardan foydalanib qolishni yaxshi biladi. Kin 2017 yilda A Seriya rekordini yangiladi: 17 yoshida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Endi esa terma jamoaga yordam berib gollar urmoqda.

— Kin Lixtenshteyn qarshi bahsda raqib darvozasini ishg'ol qilib, 2000 yil tug'ilganlar orasida terma tarkibida gol urgan birinchi o'yinchi bo'ldi. Ha aytgancha, termaning oxirgi 15 golini 15ta turli futbolchilar urgan edi.

— Kin A Seriyaning bu yilgi mavsumida 4 uchrashuvida ishtirok etdi va 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ikki gol ham "Udineze" darvozasi tomon yo'llandi. U bu natijaga o'sha bir marotaba asosiy tarkib bilan maydonga tushganida erishdi.

— Qishda "Milan" uni ijaraga olmoqchi edi, ammo "Yuve" bu taklifga rad javobini berdi. O'shanda Kin mavsum davomida maydonda endigina 13 daqiqa o'ynagandi. SHu sababli ham, turinliklarning rozilik bermagani ularga g'alati ko'ringan. Biroq Allegrining yaqin oylardagi o'yinlarda Moyzedan umidi katta.

Farzand ko'rish mumkin emasligiga qaramay, Moyzening onasi bo'lajak futbolchini dunyoga keltirgan

SHu sababli ham, unga noodatiy va kamyob ism qo'yishgan. Moyze — Muso payg'ambarning (bazi manbalarda Moisey) italyancha versiyasi bo'lib, "suvdan qutqarib olingan" degan manoni bildiradi.

"Uning dunyoga kelishi bir mo'jiza bo'lgan. SHuning uchun, unga shunday ism qo'yganmiz. SHifokorlar menga endi farzand ko'ra olmaysan deyishgan. Men esa yig'lab, tuni bilan duo qilib chiqardim", — deydi futbolchining onasi Izabella. "Bir kuni tushimga Muso payg'ambar kirdi. Oradan 4 oy o'tib, homilador ekanimni bildim". Lekin o'g'il dunyoga kelganidan so'ng, ijobiy o'zgarish bo'lmadi. Ikki farzandni boqish maqsadida, Izabella tungi smenaga ham ishga kirdi. Moyzening birinchi qilgan ishi "Yuventus" bilan shartnoma imzolash bo'ldi — onasini Turinga olib keldi va uni boshqa ishlatmadi.

Kinning otasi traktor uchun o'g'lini Italiyada olib qolgan

Kinning ota-onasi ancha yillar oldin ajrashib ketishgan. Ikkisi ham Kinning kelajagini turli klublarda ko'rishgan. Yani, u bolaligida "Torino"da o'ynagan, lekin onasi uni "Angliya"ga borishini istagan. "Yuventus" vakillari iqtidorli italiyalikni kuzatib, otasiga qo'ng'iroq qilishgan: "Men doim "Yuventus"ga muxlislik qilganman. Ularga Moyzeni Italiyada olib qolaman deb vada berganman. Buning evaziga ulardan 2ta traktor olishim kerak edi. Ular bunga rozi bo'lishgan. Ammo hali ham vadalarini bajarganlari yo'q. Hattoki, qo'ng'iroqlarimga ham javob bermay qo'yishgan. O'g'limning klubdagi muammolariga qaramay, u uchun xursandman. Avvallari ular meni stadionga chaqirib turishardi. Biroq so'nggi paytlarda chipta yubormay qo'yishdi", — deydi otasi.

"Yuve"ning bu g'alati harakatlaridan faqat bir tushunchaga kelish mumkin: Moyze va akasi Jovanni onasi bilan yashaydi, otasi bilan esa kamdan-kam ko'rishib turishadi. 

Yoshligida "Inter" va "Milan"ga muxlislik qilgan

Jovannining aytishicha, Moyzening sevimli klubi — "Milan" ekan. Lekin otasi boshqacha aytdi: Kin bolaligida "Inter" o'yinchisi Obafemi Martinsning futbolkasini olib berishini so'ragan ekan. Aslida, bu erda hech qanday qarama-qarshilik yo'q. Gap shundaki, Martins 2006 yil "Inter"dan ketgan. O'sha payt Moyze 6 yoshda bo'lgan. Nazarimizda, shundan so'ng, "Milan"ga muxlislik qilishni boshlagan.

Lekin ota ham, aka ham bir narsani alohida takidlashdi: Balotelli — Kinning eng sevimli futbolchisi. Ularning ikkisi ham Italiya termasi hujumchisi hamda afrikalik migrantlar oilasidandir. Ehtimol, yosh Moyze aynan Marioning o'yinlaridan ilhomlanib, futbolchi bo'lishga qaror qilgandir. Ha aytgancha, Balotelli "Marsel"ga o'tganidan so'ng, ko'p gol ura boshladi. U hozir 28 yoshda. Ko'ramiz, Moyzega tez orada bolalikdagi kumiri Balotelli bilan bir terma jamoada o'ynash nasib qilarmikan?! 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика