"Al Nassr" Moyses Kaysedoga qiziqish bildirmoqda. "Chelsi" yarim himoyachisi 100 million funtdan ko'proqqa baholanmoqda
16 apr 19:09
Yangiliklar


"Al Nassr" Moyses Kaysedoga qiziqish bildirmoqda. "Chelsi" yarim himoyachisi 100 million funtdan ko'proqqa baholanmoqda
Moyses Kaysedo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
The Telegraph malumotiga ko'ra, "Al Nassr" yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni xohlaydi va "Chelsi" futbolchisi asosiy maqsad sifatida ko'rib chiqilmoqda.
Transfer summasi 100 million funtdan oshishi mumkinligi aytilyapti.
Kaysedo 2023 yil yozida "Brayton"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. Joriy APL mavsumida u 32 o'yin o'tkazib, 1 gol urgan va 2 golli uzatma bergan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar