"Yuventus" Jordi Albani safiga qo'shib olmoqchi
07 jan 2023 10:17
Yangiliklar
"Yuventus" Jordi Albani safiga qo'shib olmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Barselona" futbolchisi Jordi Albaga qiziqish bildirmoqda.
“Byankoneri” jamoaning hozirgi chap qanot himoyachisi Aleks Sandro bilan ushbu mavsum oxirida shartnomasi yakunlanishi sababli uning o'rniga Albani o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Italyan klubi “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi Ernandes qo'l ostida bir qator chap qanot himoyachilari mavjud bo'lgani tufayli ushbu kelishuvning amalga oshishiga optimistik munosabat bildirmoqda. 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 8 ta o'yinda maydonga tushirildi.
Ispaniya terma jamoasi vakili Kataloniya klubi bilan 2024 yilgacha amalda bo'ladigan shartnomaga ega. Uning ayni paytdagi transfer bahosi 5 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar