"Yuventus" etakchisining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi
02 dek 2025 16:56
Yangiliklar
"Yuventus" etakchisining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi
"Kalyari"ga qarshi o'yin "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich uchun muddatidan oldin yakunlandi (2:1), u atigi yarim soatdan keyin maydonni tark etdi.
Malum bo'lishicha, serbiyalik futbolchi ancha vaqtga safdan chiqqan.
"Yuventus" o'z bayonotida Vlaxovichning jarohatini tasdiqladi, ammo uning qancha vaqt safdan chiqishini hali taxmin qilolmayapti.
"Tadqiqotlar chap tomondagi uzun yaqinlashtiruvchi muskulning jiddiy yorilishini aniqladi. Eng mos davolashni aniqlash uchun qo'shimcha tibbiy maslahatlar talab qilinadi", – deyiladi bayonotda.

Italiya OAVning xabar berishicha, hujumchi ikki-uch oy davomida maydonga tushmaydi. Jamoa murabbiyi Luchano Spalletti ham shunga o'xshash fikrda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar