So’nggi yangiliklar

14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  2 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  1 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  6 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  13 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11

"Yuve"ni rad etib, muxlislar muhabbatini tanlagan Parolo Yangiliklar

"Yuve"ni rad etib, muxlislar muhabbatini tanlagan Parolo

Teglar :  LacioMarko Parolo
Marko Parolo bir necha yil avval turinliklarga rad javobini bergandi. Vaqt bu qaror to'g'ri ekanini isbotladi.

CIES xalqaro sport tadqiqot markazi o'z poziciyasida maydonda o'tkazilgan daqiqalar bo'yicha so'nggi besh yillikda etakchi bo'lgan futbolchilar reytingini tuzib chiqti. Yarim himoyachilar orasidagi etakchi A Seriya vakili Marko Parolo deb topildi. SHu vaqtgacha u 14691 daqiqa davomida maydonga tushgan (Xavbeklar orasida undan faqat Daniel Parexo, Kristian Eriksen va Koke ko'proq o'ynagan).

Hozir bu reyting va “Lacio”ni Parolosiz tasavvur qilish qiyin. Agar 2012 yil Parolo “Yuventus” taklifini qabul qilganida balki bu ro'yxatdan o'rin ololmagan bo'larmidi?! O'sha yili Parolo “CHezena” tarkibida qoyilmaqom o'yin ko'rsatgandi. SHundan so'ng, o'yinchi kuchli markaziy yarim himoyachi qidirayotgan Antonio Kontening etibori tushdi.

“Menga Konte hamda “Yuventus” menejerlari qo'ng'iroq qildi. Men bu xabarni eshitib uch kun uxlay olmadim. Kun bo'yi boshqa jamoaga o'tish yo o'tmaslik haqida o'yladim. Agentim tavakkal qilib ko'rishim, “Yuventus” — top darajadagi jamoa ekanini ko'p bor takidladi. To'g'risini aytsam, raqobatdan qo'rqdim. O'sha vaqtda “Yuve” markazida Markizio, Pogba va Pirlo o'ynardi. To'g'ri, o'zimga ishonaman, imkoniyatlarimni yuqori baholayman. Ammo ularni asosiy tarkibdan chiqarib yuborish osonmasligini ham yaxshi bilardim”, — deya tan oldi Parolo.

Agar Parolo “Keksa sinora”ga ketganida, balki hozirgi yutuqlariga erishmagan, ehtimol bir umr zaxira o'rindig'ida qolib ketgan bo'larmidi?! To'g'risi buni tasavvur qilish, aniq bir narsa deyish mushkul. Lekin bir narsani ishonch bilan aytish mumkin: Bugun erishgan narsasi, “Lacio” muxlislarining cheksiz muhabbatiga eta olmagan bo'lardi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика