"Barselona"da asosiy tarkibdan mosuvo qilingan Ter Shtegenga "Siti"dan taklif tushdi
17 iyu 13:20
Yangiliklar


"Barselona"da asosiy tarkibdan mosuvo qilingan Ter Shtegenga "Siti"dan taklif tushdi
AS xabariga ko'ra, "Barselona"ning 33 yoshli darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Manchester Siti"ning etiborini tortdi.
Ingliz klubi tajribali darvozabonni Edersonga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Oldinroq "ko'k-anorranglilar"ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ter Shtegenga endi asosiy tarkib futbolchisi emasligini malum qilgandi. Bu yana 3 yil amal qiladigan shartnomaga qaramay, klub bilan ajralishga olib kelishi mumkin.
Ter Shtegen 2014 yildan buyon "Barselona" darvozasini qo'riqlab kelmoqda. Bu vaqt ichida u 422 o'yinda qatnashib, ularning 175 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, germaniyalikning transfer qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar