Yurtimizga Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tashrif buyurishdi
08 fev 2018 11:25
Yangiliklar
Yurtimizga Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tashrif buyurishdi
Ana shu kelishuvga ko'ra, bugun 8 fevral kuni yurtimizga Osiyo futbol Konfederaciyasining mutaxassislari Joern SHlim va Marsel Isakovich tashrif buyurishdi. Bu mutaxassislar aslida Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritishadi. OFK futbol klublarining faoliyatini rivojlantirishda Evropa tajribasidan foydalanish maqsadida Joern SHlim va Marsel Isakovich kabi yuqori malakali mutaxassislarni Osiyo klublariga jalb qilmoqda.
OFK tomonidan yuborilgan mutaxassislar 12 fevralga qadar mamlakatimizning 4ta klubi - «Paxtakor», “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Dinamo” Samarqand klublarida bo'lishadi. Ular bu klub vakillarining licenziyalash borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishib, ularga o'zlarining amaliy maslahatlarini berishadi.
Fikrlar