Ukrainalik futzalchi: "Biz bu natijani o'z-o'zidan qayd etganimiz yo'q"
06 okt 2024 20:52
Yangiliklar
Ukrainalik futzalchi: "Biz bu natijani o'z-o'zidan qayd etganimiz yo'q"
Futzal bo'yicha Ukraina terma jamoasi azosi Rostislav Semenchenko Franciyaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (7:1) saytimizga kichik intervyu berdi.
"O'yin qiyin bo'lishini kutgandik, shunday bo'lib chiqdi. O'yin nazoratini o'z qo'limizga olib, qiyin g'alabaga erisha olganimizdan va 3-o'rinni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz.
-Ukraina o'z tarixida futzal bo'yicha ilk bor bunday muvaffaqiyatga erishdi. Musobaqa oldidan sovrindor bo'lishni kutganmidingiz?
-Biz albatta tayyorlangandik. Dunyoning eng kuchli to'rtta terma jamoasi qatoridan o'rin olishni istagandik. Biz bu natijani o'z-o'zidan qayd etganimiz yo'q. Barchaga rahmat", - dedi Rostislav Semenchenko.
Eslatib o'tamiz, bronza medali uchun kechgan bahsda Ukraina terma jamoasi Franciyani 7:1 hisobida mag'lub etdi va Toshkentdagi JCH sovrindoriga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar