So’nggi yangiliklar

19:20Жо Коул АПЛ янги мавсуми фаворитини айтди  0 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  9 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

Yuriy Sarkisyan: "Farg'onalik muxlislarga alohida tashakkur bildiraman" Yangiliklar

Yuriy Sarkisyan: "Farg'onalik muxlislarga alohida tashakkur bildiraman"

Kecha O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Yuriy Sarkisyan 70 yoshga qadam qo'ydi.

Uning sharafiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirdan so'ng Yuriy Vazgenovich bilan suhbatlashishga muvaffaq bo'ldik.

- O'zbekistonda yosh iqtidorli futbolchilar juda ko'p. Faqat ular bilan to'g'ri ishlash kerak. Lekin ko'pchilikka ular bilan ishlash qiyinchilik tug'diradi. CHunki ular o'z vaqtlarini sarf etishni istashmaydi. Men butun faoliyatim davomida yoshlar bilan ishlaganman. Har yili kuzda qishloqlardan, butun respublika bo'yicha yosh iqtidorlarni ko'rib, ularni kuzatardim. Men "Neftchi"ga faqat mahalliy futbolchilarni jalb etardim.

Yosh iqtidorli, istedodli futbolchilarga omad tilayman. Ular o'z yo'lini topib ketishlarini, futbolga to'g'ri yondoshishlarini istayman. Kelajakda ular o'zbek futbolini rivoji uchun o'z yordamlarini ayamasliklari kerak. Kelajak ularni qo'lida.



Futbol - muxlislar uchun o'yin. Futbolchilar uchun esa bu qiyin jismoniy mashq, mashaqqatli ish. Futbolchi har kuni o'z ustida ishlashi kerak. Agarda sen bir kun mashg'ulotni o'tkazib yuborsang, unda qolganlardan bir qadam orqada bo'lasan. Men shu falsafa asosida futbolchilarni shug'ullantirganman.
"Bunyodkor"ning akademiyasida juda ko'p iqtidorlar. "Bunyodkor" akademiyasi juda ajoyib. Murabbiylar ham malakali.

- Tug'ilgan kunim bilan birinchi kim tabriklagani ham esimda yo'q. CHunki tabriklar juda ko'p. Germaniyadan, Rossiyadan, AQSHdan, Armanistondan, Greciyadan qo'ng'iroqlar bo'ldi. Barcha joylardan tanishlar, do'stlar, shogirdlarim qo'ng'iroq qilib, tabriklashdi.

Farg'onalik muxlislarga alohida tashakkur bildiraman. Ularga sog'inchli salom! Bilasizmi, men Farg'onada ishlaganimda, o'yin boshlanishiga bir soat qolganida stadion ishqibozlar bilan liq to'lardi. Yana qaytaraman, men hech qachon "Neftchi"ga futbolchi sotib olmaganman. Men doim qishloqlardagi iqtidorlarni qidirib topganman, ularni tarbiyalaganman. Mahalliy futbolchilar esa o'z ishlariga sidqidildan yondoshishgan, sodiqlik kuchli bo'lgan o'shanda. SHu boisdan ham muxlislar "Neftchi"ni o'yinini intizorlik bilan kutishardi.



Eng iqtidorli shogirdim kim bo'lgan? Ishoning, meni qo'l ostimdagi futbolchilarning ko'pchiligi juda iqtidorli bo'lishgan. Ularni birortasini ajratib ko'rsatishim qiyin. Agarda kimnidir ajratib ko'rsatish kerak bo'lsa, unda bu Mansur Saidov.

Men o'shanda tasodifan samolyotda uchib ketayotganimda do'stimni uchratib qolganman. Undan qaerga uchyapsan, deb so'raganimda, u internat bo'yicha final uchrashuviga ketayotganini, u erda Farg'ona va Toshkent jamoalari uchrashishlarini aytdi. Men ham u bilan birga kettim. Aynan o'sha erda men kichkina jussali Mansur Saidovni ko'rganman. Saidov o'shanda juda iliq taassurot qoldirgandi. Keyin esa men unga ertaga hujjatlaring bilan menga uchrashasan, deb takidlagandim.

SHahboz Beg'amov yozib oldi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика