So’nggi yangiliklar

09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  4 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  2 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  0 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  1 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  12 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  6 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  4 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  5 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  107 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8

Yuriy Lukin: "Neftchi" tarkibida mahoratli o'yinchilar ko'p" Yangiliklar

Yuriy Lukin: "Neftchi" tarkibida mahoratli o'yinchilar ko'p"

Teglar :  Yuriy LukinQizilqum
“Neftchi” SK stadionida “Hokim kubogi” final bahsi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qizilqum” murabbiyi Yuriy Lukin hamda jamoa sardori Akmal Rustamov ishtirok etdi.

- “Hokim kubogi” uzoq tarixiga ega bo'lgan turnir hisoblanadi, - deb gap boshladi “Qizilqum” murabbiyi. - Yaxshi eslayman, “Hokim kubogi”da xorijdan ham klublar ishtirok etardi. Bu yilgi turnir ham yuqori saviyada o'tkazildi. Tashkiliy masalalar, mehmonxona, oziq-ovqat,  mashg'ulotlar maydoni va umuman barcha-barchasi ko'ngildagidek tashkillab berildi. Turnir davomida bir-biridan qiziqarli o'yinlarga guvohi bo'ldik.

- Ertangi final borasida nima deysiz?
- “Maydon tekkis to'p yumaloq” deyishadi. Hamma futbolda g'alaba qozonishni istaydi. Ertaga qanday bahs bo'lishini maydondagi o'yin ko'rsatib beradi. Oldindan biron narsa deyish qiyin.  



- Farg'onaliklar haqida fikringiz?
- “Neftchi” jamoasini juda yaxshi bilamiz. Tarixiy jamoa. Faqat so'nggi yillarda qaytadan shakllanmoqda. Tarkibida mahoratli o'yinchilar ko'pligini aytib o'tish joiz.

- “Qizilqum”ning oldiga yangi mavsumda qanday vazifa qo'yildi?
- Finaldan so'ng jamoa Toshkentga yo'l oladi. Poytaxtdagi yig'in yakunlangach, Navoiyga qaytamiz. O'z qarorgohimizga borganimizda rahbariyat bilan bu borada gaplashamiz, - dedi Lukin.

SHuningdek,  jamoa sardori Akmal Rustamov ham final haqida fikr bildirdi.
- Bu yilgi “Hokim kubogi” jamoamiz uchun o'zgacha tayyorgarlik jarayoni bo'ldi. Xar bir bahsga jiddiy yondoshdik. “Neftchi” yaxshi jamoa. Farg'onaliklar o'tgan mavsum barqaror o'yin namoyish etishdi. Fyodorov shogirdlari xar bir bahsda g'alaba uchun o'ynashdi.  Final haqida gapiradigan bo'lsam, albatta biz maydonga g'alaba uchun chiqamiz va kubokni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. “Neftchi”ga alohida kutilmagan “sovg'a”miz bor  - dedi “Qizilqum” sardori.


"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика