O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari: "Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha muzokaralar olib borilgan edi, ammo..."
01 okt 00:34
Yangiliklar
O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari: "Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha muzokaralar olib borilgan edi, ammo..."
O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari Sherzod Igamberdiev Qozog'istonga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan bahs bo'yicha izoh berdi.
"Qozog'iston terma jamoasi bilan noyabrda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borilgan edi, ammo o'yin o'tkaziladigan stadion masalasida kelisha olmadik. O'ylaymanki, bu faqat vaqt masalasi. Qozog'iston futbol federaciyasi rahbari o'yin haqida oldindan gapirib yuborgani sababli uchrashuv bekor qilindi degan xabarlar umuman haqiqatga to'g'ri emas. Katta ehtimol, Qozog'istonda mahalliy jurnalistlar bilan aloqasi bo'lgan inson noto'g'ri malumot tarqatgan.
Umuman olganda, Qozog'iston bilan aloqalarimiz yaxshi. Misol uchun, ayni damda UEFA Assist loyihasi ustida birga ish olib bormoqdamiz," - deya yozmoqda Sherzod Igamberdiev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar