Xabi Alonso: "Qayrat" Chempionlar Ligasida o'ynashga munosib jamoa"
01 okt 01:21
Yangiliklar
Xabi Alonso: "Qayrat" Chempionlar Ligasida o'ynashga munosib jamoa"
"Biz aniq reja bilan kelgandik va olti ochko to'plashni maqsad qilgandik. Keyingi o'yin "Yuventus"ga qarshi bo'ladi va biz uchun ko'proq gol urish muhim edi. Maqsadga erishdik, futbolchilar o'yinga jiddiy yondashdi va yaxshi o'yin namoyish etishdi. Endi "Vilyarreal" bilan bo'ladigan o'yin haqida o'ylab uyga qaytamiz," - dedi Xabi Alonso bahs yakunlangach.
Killian Mbappening xet-trigi haqida
"Hozir u shunday holatdaki, har bir o'yinda hal qiluvchi rol o'ynamoqda. U juda samarali, darvoza oldida sovuqqonlik bilan harakat qiladi va buni yana bir bor isbotladi. Unga imkon qadar ko'proq vaziyat yaratib berishimiz kerak. Derbida ham ajoyib gol kiritdi va biz uning mahoratini yanada rivojlantirishimiz lozim. Kilianning gollari, har kuni jamoadoshlariga ko'rsatayotgan tasiri, ishga qay darajada berilib ketgani va mavsumni ajoyib tarzda o'tkaza olayotganidan juda mamnunman."
"Qayrat" haqida
"Qayrat" Chempionlar Ligasida o'ynashga munosib ekanligini isbotladi. Bu erda ushbu musobaqaning odamlar uchun qanchalik ahamiyatli ekanini ko'rdik. Stadiondagi muhit ajoyib edi. Eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. "Qayrat"ga omad tilayman!
Ehtimol, o'yin boshida o'zimizni biroz noqulay his qilgandirmiz. "Qayrat"da birga-bir vaziyat yuzaga keldi. Bunday vaziyatlar jamoani sarosimaga solib qo'yishi mumkin. Gyuler noqulay vaziyatlarga tushib qoldi. Dastlabki daqiqalarda "Qayrat"ning intensivligi meni hayron qoldirdi.
Agar vaqtimiz ko'proq bo'lganida, bu erda ko'proq vaqt o'tkazishni istardim. Bu erdagi tog'lar ajoyib ekan."

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar