So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  104 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  40 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Yuriy Belous: "Jasur "Lokomotiv"dan minnatdor" Yangiliklar

Yuriy Belous: "Jasur "Lokomotiv"dan minnatdor"

O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous mijozining "Lokomotiv"dan ketish sabablarini aytdi.

"O'ylashimcha, biz "Lokomotiv" uchun ham, futbolchi uchun ham foydali qaror qabul qildik. SHartnoma bekor qilindi, bu tashabbus futbolchining o'zidan chiqdi. Klubda legionerlar uchun ajratilgan limit to'lib bo'lgan. SHunday bo'lsada, Jasur klubdan minnatdor ekanligini qayta-qayta aytdi. Uning uchun mana shu davr tajriba vazifasini bajardi. Miranchuklar bilan birga mashg'ulot o'tkazganidan xursand bo'lgani tabiiy, bu futbolchilar Jaloliddinov uchun afsona hisoblanadi. Lekin, boshqa tomondan olib qaralganda u o'ynashi va o'sishi kerak. 

Balki, kelajakda Jasur "Loko"ga qaytishi ham mumkin. Jasur 18 yoshida "Lokomotiv" tomonidan bekorga bunday imtiyoz berilmaganligini isbotlaydi, degan umiddaman. 

Hozirda futbolchiga bir qator qiziqarli takliflar bor. Xususan, yaqin SHarq, markaziy Evropa va Ispaniyaning Segundasidan. Voqealar qanday rivojlanishini ko'ramiz. Yaqinda barchasiga aniqlik kiritiladi va muzokaralar boshlanadi. 

Bekor qilingan shartnoma uchun tovon puli? Biz ushbu voqeani keng omma oldida muhokama qilmaymiz. Bu klub va futbolchi o'rtasidagi mahfiy malumot. Ammo, shartlar ham klub, ham futbolchi uchun foydali bo'ldi", - deydi Belous.





Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика