So’nggi yangiliklar

00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  1 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  8 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  1 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  18 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  462 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  8

Yuriy Belous: "Jaloliddinov Rossiyaga qayta oladi, Farruh Ikromov premer-liga darajasidagi futbolchi" Yangiliklar

Yuriy Belous: "Jaloliddinov Rossiyaga qayta oladi, Farruh Ikromov premer-liga darajasidagi futbolchi"

Rossiyalik taniqli agentlardan biri Yuriy Belous Match TV saytiga intervyu berdi. Uning eng asosiy joylarini o'zbek tilida taqdim etamiz.

- O'rta Osiyo futbolida nimalarni ko'rish mumkin?
- O'rta Osiyoning har bir davlatida o'z futbol tarixi bor. Masalan, Toshkentning "Paxtakor" klubini olsak. Klub Sobiq Ittifoq oliy ligasida o'ynagan, u erda Krasnickiy, Abduraimov, keyinroq 1979 yilgi aviahalokatda vafot etgan Fyodorov va An o'ynagan. Hozir ko'plab futbolchilar Evropa va Rossiyada o'ynamoqda. SHomurodov "Roma"da, Yaxshiboev "SHerif", O'runov "Ufa" va Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod"da. Yoki Jasur Jaloliddinovni oling, unga Moskvaning "Lokomotiv" klubida imkon berishmadi.

- O'zbekistonlik futbolchilar transferga darhol rozi bo'lishadimi? Jasur Jaloliddinov singari yangi klubda o'ynab keta olmaslikdan qo'rqishmaydimi?

- Jaloliddinov baxtli chipta sohibiga aylangan edi. Uning nomzodini juda uzoq ko'rib chiqishgandi. Ammo kovid tufayli yigitcha uch oy O'zbekistonda mashg'ulotlarsiz qolib ketdi. Keyin unga vizani uzoq rasmiylashtirishdi. O'z-o'zidan Nikolich jamoadagi futbolchilar bilan ishlashda davom etdi. U 18 yoshli yigitcha kutib turadi deb hisobladi. Ammo 17 yoshida terma jamoada debyut qilgan, OCHLda o'ynagan, o'z oldiga ulkan maqsadlar qo'ygan Jasur "Lokomotiv"ga kelib Miranchuk bilan birga maydonda tandem bo'laman deb o'ylagandi. Menimcha Jasur borasida sabr qilishmadi. O'sha paytda Moskvaning "Lokomotiv" klubida menedjment juda kuchsiz edi. Futbolchini yaxshi jamoaga ijaraga berish mumkin edi, darhol shartnomani bekor qilmay. Agar shunday qilinganida, hozirgi rahbariyat va tarkibdagi yoshlarga qarasak, Jasur hozir Moskvaning "Lokomotiv"ida o'ynayotgan bo'lardi. Afsuski shunday bo'lib turadi.




- Jasur yana Rossiyaga qaytishi mumkinmi?

- Menimcha, ha. Unga Rossiyadan va boshqa davlatlardan takliflar bor. U O'zbekiston terma jamoasida o'ynamoqda (Aslida Jasur hozir U-21 terma jamoasida o'ynamoqda - championat.asia) va Respublikaning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. Agar faqat o'z qobiliyatini sarflamay o'sishda davom etsa barchasi amalga oshadi.

- Nima uchun o'zbekistonlik futbolchilar Rossiyada juda kam?

- Sababi o'zbekistonlik futbolchilar Rossiyada legioner hisoblanishadi. O'zbekiston Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaydi. Masalan, ayni paytda Farruh Ikromov bilan ishlayapmiz. U Rossiya premer-ligasi darajasidagi futbolchi. Unga Rossiyadan qiziqish bor, ammo bir narsa xalal berishi mumkin: limit. Sentyabr oyida u terma jamoa safida SHveciya bilan o'yinda jarohat oldi. Jarohatidan tuzalsa bu borada yanada jiddiy ishlaymiz. Umuman olganda O'zbekistonda Rossiyada o'ynashga tayyor futbolchilar bir nechta. Agar limit bo'lmaganida ularga talab keskin ko'tarilardi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика