Yurgen Klopp: "Biz ECHL yarim finaliga chiqqan va men bundan xursand bo'lmayotgan kun. Boshimga urib tashlang"
14 apr 2022 09:10
Yangiliklar
Yurgen Klopp: "Biz ECHL yarim finaliga chiqqan va men bundan xursand bo'lmayotgan kun. Boshimga urib tashlang"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Benfika"ga qarshi o'yindan so'ng (3:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz ECHL yarim finaliga chiqadigan va men bundan xursand bo'lmayotgan kun. Boshimga urib tashlang.
Tarkibimizda 7 ta o'zgarish bo'ldi. Himoya xech qachon bunday tarkibda o'ynamagan.
Barchasi biz istaganimizdek bo'lmadi, ammo nima farqi bor? Asosiysi yarim finalga chiqa oldik.
Hozir "Vilyarreal" bilan bo'ladigan o'yinni tahlil qilsam g'alati bo'ladi. Ularning natijalarini, ajoyib o'ynayotganlarini ko'rdim. Mavzuni chuqurlashtirmayman, ammo ular "Yuventus" va "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng yarim finalga loyiqlar.
Unai Emeri - kuboklar qiroli. U barchasini amalga oshiradi. Ammo menga tayyorgarlik uchun vaqt bering", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar