Yorqin Nazarov: "Raqib birgina vaziyatidan gol urib ketdi"
04 mar 2023 20:21
Yangiliklar
Yorqin Nazarov: "Raqib birgina vaziyatidan gol urib ketdi"
O'yin haqida
- Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Imkoniyatlar bo'ldi, foydalanishda oqsadik. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz ko'ngildagidek emasdi. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik, vaziyatlar yaratdik, biroq raqib birgina imkoniyatdan gol urib ketdi.
- Jasur Hasanov asosiy tarkibda muntazam qoladimi?
- Hasanov tajribali futbolchi, jamoamiz sardori. U ko'rsatadigan kuchli o'yin bizga asqotadi. Ko'ramiz, balki navbatdagi uchrashuvlarda yoshlarga ham imkoniyat berarmiz.
- Legioner futbolchilar ko'rsatgan o'yindan qoniqdingizmi?
- Birinchi bo'limda o'ynagan hujumchimiz vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. Biroq ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan hujumchimizda juda qulay, 100 foizlik imkoniyat yuzaga kelgandi, golga aylantira olmadi. Ishlashda davom etamiz, xato va kamchiliklarni tahlil qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar