Yorqin Nazarov legionerlar haqida: "5 daqiqalik rolikda Jahon chempioni, 90 daqiqalikda oyog'iga to'p ham tegmayapti"
14 jan 2023 19:05
Yangiliklar
Yorqin Nazarov legionerlar haqida: "5 daqiqalik rolikda Jahon chempioni, 90 daqiqalikda oyog'iga to'p ham tegmayapti"
"So'g'diyona" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov legionerlarni olish jarayoni haqida gapirdi.
"Bizga ham roliklar, videolarini yuborishadi. Dekabr oyidagi yig'inda shu roliklarni 10 kun davomida kuzatdik. CHunki 5 daqiqalik rolikda ular Jahon chempionlaridan farqi yo'q. Lekin 90 daqiqalik o'yinlarini ko'rsak boshqacha taassurot qoldiryapti. Hattoki oyog'iga to'p tegmayapti. "So'g'diyona"ga chaqirgan legionerlarimizni xorijdagi do'stlarimiz kuzatgan. O'ylaymanki, ikkisi ham uyaltirib qo'ymaydi. O'quv-mashg'ulot yig'inlarimizga jalb qildik. Rahbariyat tayyorgarlik ko'rish uchun yaxshi sharoitlarni yaratib beryapti. ",- deydi murabbiy.
Yorqin Nazarov bilan tashkil qilingan intervyuning to'liq qismi tez orada etiboringizga havola etiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar