So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  8 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  70 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  112 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Yil o'yini oldidan: "Nasaf" va "Paxtakor" gollari raqamlarda Yangiliklar

Yil o'yini oldidan: "Nasaf" va "Paxtakor" gollari raqamlarda

Barcha kutayotgan uchrashuvga 2 kun qoldi.

Hozir barcha Qarshidagi "Nasaf" - "Paxtakor" bahsini intiqlik bilan kutmoqda.

O'yin oldidan barcha ijtimoiy tarmoqlar va saytdagi izohlarda asosan ushbu o'yin haqida bahs-munozaralar davom etmoqda.
Biz esa Oliy liganing 29-turida Qarshi to'qnash keladigan jamoalarning ikkinchi davradagi urilgan gollari asosan qaysi daqiqalarda kiritilganiga etibor qaratamiz.

SHota Arveladze kelganidan keyin jamoa hozirgacha 25ta gol urishni uddasidan chiqdi. Gollarning yarmidan ko'pi standart vaziyatlaridan keyin kiritilgan.
"Paxtakor" uchrashuvning so'nggi 15 daqiqaligida eng ko'p gol urgan. Arveladze qo'l ostida jamoa 75-90 daqiqacha bo'lgan vaqt oralig'ida 8ta gol urishga erishdi.
Bu jamoa asosan katta kuchini o'yin so'nggida tashlashi va jismoniy jihatdan 90 daqiqa bir tekisda o'ynay olishidan dalolat.
SHuningdek, "Paxtakor" har 15 daqiqalik vaqt orilig'ida muntazam gol urib kelmoqda. Hozircha eng kam golini (3tadan) 1-15, 30-45, 45-60 daqiqalar orasida urgan.

"Paxtakor" ikkinchi davrada jami 5 marotaba o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.

Arveladze boshchiligidagi jamoa asosan tanaffusdan keyin gol o'tkazib yuboradi.

Qo'yib yuborilgan gollarning 75% aynan shu vaqt oralig'iga to'g'ri kelmoqda. SHuningdek, jamoa 15-30 hamda 60-75 daqiqalikda bir martadan gol o'tkazgan.
"Paxtakor" Arveladze qo'l ostida 30-45 hamda 75-90 daqiqalik vaqt oralig'ida umuman gol o'tkazmadi.
Yani, "Paxtakor" har ikkala taymning so'nggi 15 daqiqasida ancha tartibli va etiborli o'ynamoqda.


"Paxtakor" ikkinchi davrada qaysi daqiqalar oralig'ida gol urgan?
1-15 daqiqa: 3ta
15-30 daqiqa: 4ta
30-45 daqiqa: 3ta
45-60 daqiqa: 3ta
60-75 daqiqa: 4ta
75-90 daqiqa: 8ta

"Paxtakor" ikkinchi davrada qaysi daqiqalar oralig'ida gol o'tkazdi?
1-15 daqiqa: o'tkazmagan
15-30 daqiqa: 1ta
30-45 daqiqa: o'tkazmagan
45-60 daqiqa: 3ta
60-75 daqiqa: 1ta
75-90 daqiqa: o'tkazmagan



"Nasaf" ikkinchi davrada jami 30ta to'p kiritdi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi 6 marotaba tezkor gol urishni uddalagan. "Nasaf"ning ushbu turdagi raqibi "Paxtakor" esa hozircha o'z darvozasidan 1-15 daqiqasi oralig'ida umuman gol o'tkazmagan. "Nasaf" esa raqiblari darvozasiga aynan shu vaqt oralig'ida 6 marta gol urishga erishgan. Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, "ajdarlar" faqatgina 45-60 daqiqalar oralig'ida nisbatan sustroq o'ynashgan. Qolgan daqiqalar oralig'ida jamoa muntazam gol urib kelmoqda.
"Nasaf" eng ko'p golini 60-75 daqiqalar oralig'ida kiritishga muvaffaq bo'lgan. Jamoa bu vaqt oralig'ida ikkinchi davrada jami 8 bor raqiblarini ranjitgan.
SHuningdek, jamoa birinchi bo'lim oxirida ham ancha faol o'yin ko'rsatadi. Samaradorlik ham shunga yarasha. Jamoa bu 30-45 daqiqalar oralig'ida 7 bor gol urishni uddalagan.
"Nasaf" o'yin so'nggida, yani 75-90 daqiqalar oralig'ida jami 4 bor gol urgan.

Qarshiliklar ikkinchi davrada jami 3 marotaba o'z darvozalaridan to'p olib chiqishgan. Gollardan biri 30-45 daqiqalar oralig'ida, yana biri 60-75 hamda 75-90 daqiqalar oralig'ida qo'yib yuborilgan.
"Nasaf" o'tkazilgan so'nggi 10 uchrashuvda faqatgina bir marotaba gol o'tkazib yubordi.


Asosan o'yinni nazorat qilish va to'p bilan muomalada bo'lishni xush ko'radigan Ro'ziqul Berdiev jamoasining mudofaa chizig'i ancha mustahkam. Hujum chizig'i esa yuqori samaradorlikni ko'rsatmoqda.


"Nasaf" ikkinchi davrada qaysi daqiqalar oralig'ida gol urgan?
1-15 daqiqa: 6ta
15-30 daqiqa: 4ta
30-45 daqiqa: 7ta
45-60 daqiqa: 1ta
60-75 daqiqa: 8ta
75-90 daqiqa: 4ta

"Nasaf" ikkinchi davrada qaysi daqiqalar oralig'ida gol o'tkazdi?
1-15 daqiqa: o'tkazmagan
15-30 daqiqa: o'tkazmagan
30-45 daqiqa: 1ta
45-60 daqiqa: o'tkazmagan
60-75 daqiqa: 1ta
75-90 daqiqa: 1ta

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика