“Yashnobod” jamoasi Pro-ligada qatnashadi
25 mar 2019 18:57
Yangiliklar


“Yashnobod” jamoasi Pro-ligada qatnashadi
SHu kunlarda O'zbekiston milliy chempionati super ligasida bahslar turdan turga qizg'in tus olayotgan bo'lsa, Pro liga jamoalari yangi mavsumga so'nggi bosqich hozirligini olib borishyapti.
Ayni paytda Pro liga “V” guruhida qatnashish istagini bildirgan poytaxtimizning “Yashnobod” jamoasi azolari yangi mavsum oldidan tayyorgarlikning so'nggi bosqichini davom ettirishmoqda. Rejaga ko'ra, yashnobodliklar chempionat va O'zbekiston kubogi uy uchrashuvlarini “Yakkasaroy” sport majmuasida o'tkazadi.
Hozirda jamoa azolari Aziz Fayziev rahbarligida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Kuni kecha “Yashnobod” futbolchilari Jizzaxning “Zomin” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdilar.
“CHilonzor” suniy qoplamali maydonida kechgan qiziqarli bahsda 1:1 hisobida durang qayd etildi. Yashnobodliklardan yagona golga Rustam Azimov mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar