So’nggi yangiliklar

13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  5

Yaponiya yangi bosh murabbiyni tanishtirdi Yangiliklar

Yaponiya yangi bosh murabbiyni tanishtirdi

Xabaringiz bor, kuni kecha Yaponiya terma jamoasini yangi murabbiy qabul qilib oldi.

Endilikda bu jamoani 49 yoshli Xajime Moriyasu boshqaradi. Malumki, yaponlar JCH-2018da Osiyo jamoalari orasida eng yaxshi natijani qayd etishdi. Enlilikda bu jamoa kelajakka umid bilan boqmoqda.

Moriyasu terma jamoani avvalgi murabbiy Akira Nishinodan qabul qilib oldi. Nishino boshchiligidagi "samuraylar" jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, guruhdan chiqishga muvaffaq bo'ldi. Xajime Moriyasu bir paytning o'zida Yaponiya U-21 terma jamoasini ham boshqaradi. Bu jamoa Olimpiada o'yinlari-2020 musobaqasida ishtirok etadi.

Yaponiya futbol federaciyasi yangi murabbiy ishtirokida matbuot anjumani tashkil etdi. Xajime Moriyasu jurnalistlarning savollariga javob berar ekan shunday dedi: "Terma jamoa jahon chempionatida yaxshi ishtirok etdi. Endi Osiyo Kubogida ham o'zimizni ko'rsatishimiz kerak. Ungacha esa jamoada bir qancha o'zgarishlar bo'ladi. Avlodlar almashinuvi amalga oshiriladi. Yoshi kattalar o'rnini yoshlar egallaydi. Biz turli avlod vakillaridan bitta yaxlit jamoa tuzishga harakat qilamiz".

Moriyasu murabbiylik faoliyati davomida "Sanfrechche Xirosima" klubini 2012, 2013, 2015 yillarda uch marta chempionlikka boshlab kelgan. U bilan to'rt yillik shartnoma imzolandi hamda birinchi musobaqasi Osiyo Kubogi-2019 bo'ladi. Ushbu turnirda yaponlar "F" guruhida O'zbekiston, Turkmaniston va Ummonga qarshi bahs olib borishadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика