So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  21 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Yaponiya U-23 - O'zbekiston U-23 - 0:4. Uchrashuvdan keyingi 10ta fakt Yangiliklar

Yaponiya U-23 - O'zbekiston U-23 - 0:4. Uchrashuvdan keyingi 10ta fakt

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda o'tayotgan Osiyo chempionati chorak finalida Yaponiyani 4:0 hisobida mag'lub etib yarim finalga chiqdi.

Ushbu o'yindan keyin bir qator qiziqarli faktlarni o'quvchilarimizga taqdim etishga qaror qildik.

1.Uchinchi bor o'tkazilayotgan musobaqada O'zbekiston ilk bor chorak finalda o'ynadi va birinchi marta yarim finalga chiqdi.

2.O'zbekiston U-23 Osiyo chempionatlarida ilk bor yirik hisobda g'alabaga erishdi.

3.O'zbekiston U-23 Osiyo chempionatlarida ilk bor bitta o'yinda 4ta gol urdi.

4.U-23 Osiyo chempionatlarida o'zbekistonlik futbolchi birinchi marta dubl qayd etdi. Bunday natijaga Jasurbek Yaxshiboev erishdi.

5.Dostonbek Hamdamov ikkita U-23 Osiyo chempionatida gol urishga erishgan dastlabki o'zbekistonlik futbolchi bo'ldi. U 2016 yil Qatarda o'tgan musobaqada Janubiy Koreya va Iroq darvozasiga gollar urgandi.

6.Bu yilgi musobaqada O'zbekiston safida 4 nafar futbolchi ogohlantirildi: Dostonbek Hamdamov, Abbos Otaxonov, Rustam Ashurmatov, Dostonbek Tursunov hisobida bittadan sariq kartochka bor.

7.Bu yilgi musobaqada O'zbekiston ikkita o'yinni CHangzou, ikkita o'yinni Jiangyin shahridagi stadionda o'tkazdi. Vakillarimiz yarim final uchrashuvini 23 yanvar kuni Kunshan shahrida o'tkazishadi.

8.O'zbekiston amaldagi U-23 Osiyo chempionati g'olibini musobaqadan chiqarib yubordi. 2016 yil Qatarda o'tgan musobaqada Yaponiya chempion bo'lgandi.

9.Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichidagi 3ta o'yinda jami 4 marta darvoza tomon aniq zarba yo'llashgan edi. Yaponiya bilan uchrashuvda esa 6 marta aniq zarba kuzatildi.

10. O'zbekiston yarim finalda Janubiy Koreya yoki Malayziya bilan to'qnash keladi. U-23 Osiyo chempionatida Malayziya bilan umuman o'ynamaganmiz. Janubiy Koreya bilan esa 2016 yilgi musobaqada bir guruhdan joy olgandik. O'shanda koreyslar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.


Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика