So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

Yaponiya klubi Samarqandda, ertaga o'rtoqlik uchrashuvi Yangiliklar

Yaponiya klubi Samarqandda, ertaga o'rtoqlik uchrashuvi

Teglar :  Dinamo
Xabaringiz bor, fevral oyida Samarqandga Yaponiyaning Ideabox kompaniyasi direktori Tomoxito Xirasava boshchiligidagi delegaciya tashrif buyurgandi.

Tashrif dasturi doirasida Samarqand viloyat hokimligining turizmni rivojlantirish departamentida muzokara olib borildi. Muzokarada viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi vakillari ishtirok etib, Yaponiyaning Yamanasi prefekturasi Kofu shahrining “Vanfore Kofu” va Samarqandning “Dinamo” klubi o'smirlar futbol jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish masalalari muhokama etilgandi.

Ushbu kelishuvga muvofiq, 3 aprel chorshanba kuni “Dinamo” markaziy o'yingohida Samarqandning “Dinamo” va Yaponiyaning “Vanfore Kofu” jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. O'yin soat 11:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Yaponiya klubi bugun Samarqandga etib kelgan. O'yinga tashkiliy jihatdan ham yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilmoqda. Barcha muxlislarni “Dinamo” stadioniga taklif etamiz! O'smirlar jamoalari o'rtasidagi o'yinga kirish bepul.

O'rtoqlik uchrashuvi.
3 aprel (chorshanba)
«DINAMO» (U-16) – «VANFORE KOFU» (U-16) (Yaponiya)
Camarqand, “Dinamo” stadioni.
Uchrashuv boshlanish vaqti
: 11:00.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика