So’nggi yangiliklar

15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  1 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  2 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  17 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  8 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  49 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  12 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  13 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  9

Yaponiya g'alaba qozondi Yangiliklar

Yaponiya g'alaba qozondi

Osiyo Kubogi ikkinchi turining so'nggi uchrashuvi.
Maydonda Iroq hamda amaldagi chempion Yaponiya terma jamoalari o'zaro bellashishdi.


Iroq - Yaponiya 0:1
Gollar
: K.Xonda 23 (pen.)

Iroq: Jalol Hassan, Ahmad Ibrohim, Volid Salim, Salom SHokir, Durg'am Ismoil, Yosir Qosim, Saad Abdulamir, Ali Adnan (Ahmad Yosin 66), Amjad Kalaf (Osama Rashid 83), Alo Abdul Zahro, Yunus Mahmud (Jastin Meram 55).

Yaponiya: Eyji Kavashima, Gotoku Sakai, Masato Morishige, Maya Yoshida, Yuto Nagatomo, Makoto Xasebe, Yasuxito Endo (Yasuyuki Konno 62), Takashi Inui (Xiroshi Kiyotake 62), Keysuke Xonda (Yoshinori Muto 89), SHinji Kagava, SHinji Okazaki.

Ogohlantirishlar: A.Zahro 50, S.SHokir 60 - X.Kiyotake 73, YA.Konno 90+2



                          MATNLI TRANSLYACIYA
                                    YANGILASH



90. Hozirgina Xondaning o'rniga maydonga tushgan Mutoning pasidan keyin Kiotake noaniq zarba yo'lladi.

89. Kagavaning o'ng qanotdan etkazib bergan to'pini Okazaki darvozaga yo'llay olmadi.


75 daqiqagacha bo'lgan statistika

73. Kagava bitta raqibni aldab zarba berdi, Jalol Hasan o'z o'rnida

65. Zarbaaaaa, Xonda 2- metrlardan bo'sh darvozani nishonga ola bilmadi. bu safar ham ustun iroqliklarni goldan qutqarib qoldi.

64. Okazaki to'p uchun havodagi kurashda biryo'la ikkita raqibni "qulatdi".

57. Ali Adnanning jarimadan tepgan to'pi raqib o'yinchisiga tegib maydonni tark etdi

47. Zarbaaa, Xondaning zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim tugadi.


Yaponiyalik muxlislarning goldan keyingi quvonchi

42. Yunus Mahmudning zarbasiga kuch etishmadi.

36. Volid Salim Okazakining oyog'ini "o'rib" olay dedi, juda xavfli qo'pollik.


30 daqiqagacha bo'lgan statistika

33. Sakaidan chiroyli "yurish", yakun etishmadi.

27. Goldan keyin o'yin tempi biroz pasaydi.

23. Goooooolllll, Keysuke Xondaaa, 0:1. O'zi ishlagan penaltini o'zi aniq amalga oshirdi.

22. Penalti, Iroq darvozasiga.

19. Xavfli vaziyat!!! Okazaki jarima maydonchasiga ikki raqibni aldagan holda kirib bordi, lekin uchinchisi to'pni olib qo'ydi.


16. Zarbaaa, Xondaning bosh bilan bergan zarbasini darvoza ustuni qaytarib qoldi. Nagatomoning chiroyli pasi uvol ketdi.

14. Ahmad Ibrohim havodagi to'p uchun kurashda Maya Yoshidani turtib yubordi.

10. Kagavaning zarbasi noaniq chiqdi.

7. Yaponiya pozicion hujum uyushtirmoqda... Yoshidaning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.


Yaponiya tarkibi

3. Okazaki deyarli birga-bir holatga chiqib borayotgan edi, lekin u to'pni qabul qilayotganda o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.


Iroq tarkibi

2. Inui raqib jarima maydonchasiga kirib yiqildi, hakam esa o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

Uchrashuv boshlandi.

- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Iroq hamda Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni birgalikda kuzatib boramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика