So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

"Yangiyo'ldagi vaziyat, bolalar futbolidagi hakamlik, ota-onalarning aralashuvlari". Mamur Saidqosimov bilan intervyu (2-qism) Yangiliklar

"Yangiyo'ldagi vaziyat, bolalar futbolidagi hakamlik, ota-onalarning aralashuvlari". Mamur Saidqosimov bilan intervyu (2-qism)

Bugungi kunga kelib barcha yosh toifalarida xududlarda musobaqalar faol tarzda davom etmoqda.

"Sport maktablari futbol ligasi", "Professional futbol maktablari ligasi" kabi musobaqalarning birinchi davrasi ortda qoldi. Biz shu va boshqa mavzular yuzasidan  O'FA bolalar, o'smirlar, ommaviy futbolini rivojlantirish va musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i Mamur Saidqosimovga yuzlandik. Ushbu mutaxassis bilan avvalgi suhbatimiz Superligadagi hakamlik va uchrashuvlardagi referilarning harakatlari haqida bo'lib o'tgan edi. Intervyuning ikkinchi qismi bolalar futbolidagi hakamlik va xududlarda uchrtayotgan muammolarni o'z ichiga oldi. 

- Hakamlik mavzusi so'nggi kunlarda barchaning diqqat etiborida bo'lib qoldi. Keling kattalar futbolidan chetga chiqqan holda bugungi kunda bolalar futbolidagi hakamlik haqida suhbatimizni davom ettirsak...

- Ha, afsuski bunday holatlar bolalar futboliga ham o'tmoqda. Bunday muammolar uchramasligi uchun kurashmoqdamiz. Yil boshida futzal musobaqasini o'tkazdik. Viloyatlar mezbonlik qilgan turnirda boshqa viloyatdan kelgan jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi. Deylik Toshkentda Qoraqalpog'istondan kelgan bolalar g'alaba qozonishdi. Bolalar futbolida maydon egasi yutuqqa erishsin, degan narsani olib tashlamoqdamiz. Kuchli g'olib bo'lsin. Mazkur musobaqalarda ham hakamlik bilan bog'liq turli ziddiyatlar uchrayotgani bor gap. Murabbiylar ham o'rganib olishgan. Ularning o'zi noto'g'ri taktika tanlashi natijasida jamoasi yutqazadida yana hakam aybdor bo'ladi. Musobaqadan oldin tushuntirish ishlarini olib borgan holda murabbiylar o'z ishini qilishi kerakligini takidlamoqdamiz. Ularni jazolaydigan shaxslar bor. Mana yaqinda "Professional futbol maktablari ligasi" turniri tashkil qilindi. Musobaqa ikki davrada o'tkaziladi. Hozirda birinchi davrasi ortda qoldi. Surxondaryo, Buxoro, Namangan, Farg'ona kabi viloyatlarda guruhlarga bo'lingan holda o'tkazildi. 

Birinchi davra yakunlangach murabbiylarning o'zini tutishi, bolalarga baqirmasligi, hakamlarga bosim qilmasligi kabi masalalarni ko'rib chiqib murabbiylarga ham intizomiy chora ko'rishni o'ylamoqdamiz. Achinarlisi bu bolalarga ham o'z tasirini o'tkazmoqda. Ular futbol bir chetda qolib hakamga etiroz bildirish bilan o'yinni o'tkazishmoqda. O'ylaymanki bu noto'g'ri narsa. Har bir viloyatdagi musobaqalarda uchrashuvlarni videotasvirga olishlarini talab qilyapmiz. SHundagina biz hakamlarning harakatini o'rganib O'FA hakamlar departamentiga ishini ko'rsatib choralar ko'ramiz. Oddiy misol Toshkent birinchiligini oladigan bo'lsak, ota-onalar chetda turib olib hakamning ishini muhokama qilishadi. Xuddi hakamlar hech narsani bilmaydigandek. Natijada ko'p mojarolar yuzaga keladi. Viloyatlardan ham hakamlar jalb qilinmoqda. 10dan oshiq o'quv-yig'in mashg'ulotlari tashkillashtirildi. Jismoniy tayyorgarlikdan, qoidalarni topshira olmaganlar ham bor orasida. Videolavhalar orqali ham xatolarini ko'ra olmayotganlar hakamlik qila olmaydi. Hakamlarni tarbiyalashiiz kerak. Valentin Kovalenko, Vladislav Ceytlin, Farhod Abdullaev kabi nazoratchilardan bu borada, hakamlarni tajribasini oshirish yo'lida to'g'ri foydlanmog'imiz darkor. 

- "Professional futbol maktablari ligasi" turnirining birinchi davrasi qanday o'tdi?

- 2004, 2005, 2006, 2007 yillar o'rtasida Professional futbol maktablari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi. Viloyatlarda yaxshi saviyada tashkillashtirildi. SHuningdek hozirda bolalarning o'ynaydigan maydoni, yashash sharoiti, oziq-ovqat bilan taminlanishi yaxshi bo'lsa bolaning futbolchi sifatida rivojlanishida o'sish kuzatiladi. Murabbiylardan faqat g'alaba qozonish kerak degan talabni olib tashlayamiz. To'g'ri bolada g'alaba uchun motivaciya bo'lishi kerak. Ammo g'alabani ham to'g'ri yo'l bilan qo'lga kiritish lozim. Murabbiy bolaga futbol o'ynashni o'rgatish o'rniga hakam bilan tortishish bilan ovora. To'g'ri futbol o'ynashni o'ratmasdan g'alaba talab qilish noto'g'ri hisoblanadi. Bola taktik, jismoniy va ruhiy tomondan tayyor bo'lsa shundoq ham yutadi. Masalan Namanganda 2006 yillar Namangan futbol mahorat maktabi bilan Andijon futbol mahorat maktabi o'ynadi. Ota-onalar chetdan turib aralashmoqda. Darhol o'yinni to'xtatdim va o'zini bosib olmasa uchrashuvini tugatishim mumkinligini aytdim. Yoki dekabr oyida yakunida Superkubok bahsida o'zingiz ham ko'rdingiz ota-onalar bir-biri bilan janjallashib o'yinga tasir o'tkazmoqda. Bu eng yomon narsa. Murabbiy ota-onasi kelibdi deb o'shani bolasini tushirmoqda. Qolgan bolalar o'yin amaliyotisiz qolib ketyapti. 

Avvallari murabbiyga go'shi sizniki suyagi bizniki deyilardi va ota yoki onalar aralashmasdi. Bir tomondan murabbiy vazifa beryapti, ikkinchi tomondan ular har hil gaplar bilan bolani chalg'itishmoqda. Buning natijasini bolani fikri tarqoq bo'lyapti. Boladan hozir natija qilmasdan to'g'ri futbol o'ynash o'rgatilsa, har tomonlama tayyorlanib borilsa natija o'z-o'zidan keladi. Yakunda xalqaro maydonda ham o'zlarini munosib ko'rsata olishadi. Bir vaqtlar yoshlarimiz Jahon chempionatlarida o'ynashdi, yuqori natijalar bilan qaytishdi. Lekin ular hozirda qani? Xorijdagi jamoalarga etibor bersangiz ular to'g'ri futbolni o'rgatmoqda. Natijada futbolchilarni har hil mamlakatlardan kelib sotib olishmoqda. Bizda bunday narsa yo'q. Nega? Yuqorida aytganimdek futbol o'ynashni o'rtamayapmiz. Bu bilan biz biror narsaga erisha olmaymiz. 

- Xududlardagi bolalar futboli haqida gap borar ekan Yangiyo'ldagi vaziyat etiborimizni tortmay qolmadi. Ushbu futbol maktabida gaz bilan bog'liq muammo mana bir necha yildirki qiynab kelmoqda...

- Bundan xabarimiz bor. Ushbu masalada xudud rahbarlari bilan gaplashdik. Toshkent viloyati hokimi, Yangiyo'l tuman hokimiga chiqdik. 500-600 metrdan gaz quvurlarini tortib kelish muammo bo'layotgan ekan. Bunday vaziyat Surxondaryoda ham bor. Agarda gaz tortib kelinsa mahalliy aholi qiynalib qolishi mumkin. Qishda ko'mir bilan isitilishini ham bilaman. O'zim ham borib ko'rib kelganman. Bu bilan kurashmoqdamiz. Maydonlari holati bo'yicha ham ish olib borilmoqda. Tabiiy yashil maydon qishda sifatsiz ko'rinishga keladi. SHuning uchun suniy qoplamali maydon istashmoqda. Ularga byudjetdan 500 million so'm ajratilgan ekan. Yana gaplashib 500 million so'm ajratishni reja qilyapmiz. SHundagina umumiy pulga bitta suniy maydon qursa bo'ladi. Gaz masalasini berkitmayman. Bu masalani joyiga keltiramiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика