So’nggi yangiliklar

21:28Суперлига. "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизил карточка ва пенальти ўйинни ҳал қилди"  1 20:49Камолиддин Тожиев: "Режаларимизни очиқлай олмайман. Ҳар бир позицияга иккитадан футболчи бор"  5 20:30​Суперлига. "Пахтакор" – "Қизилқум" 3:0  0 20:30АПЛ. "Ливерпуль" - "Манчестер Юнайтед" (онлайн ҳисоб)  40 20:20​Суперлига. "Нефтчи" пенальтидан урилган гол эвазига ОКМКдан устун келди   72 19:59АПЛ. "Тоттенхэм" ўз майдонида "Астон Вилла"га ютқазди  0 19:45Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 19:16Мутахассис фикри: Катанец ёрдамчилари билан боғлиқ вазият ҳақида тўлиқ изоҳ  4 18:50Янгича офсайд қоидаси Жаҳон чемпионатигача тасдиқланиши ва амалиётга татбиқ қилиниши мумкин  6 18:20Де Дзерби: "Гринвуд дунёнинг энг яхши футболчиларидан бирига айланиши мумкин"  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" иккита пенальти тепилган ўйинда бир киши кам "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди  65 17:35А Серия. "Ювентус" мавсумдаги илк мағлубиятини "Комо"дан қабул қилиб олди  11 16:50Симеоне ВАР ҳақида: "Уч киши ҳаммамиз кўриб турган нарсага қарама-қарши қарор қабул қилмоқда"  8 15:46Ўринбоев қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  4

Yangicha ofsayd qoidasi Jahon chempionatigacha tasdiqlanishi va amaliyotga tatbiq qilinishi mumkin Yangiliklar

Yangicha ofsayd qoidasi Jahon chempionatigacha tasdiqlanishi va amaliyotga tatbiq qilinishi mumkin

Futbolda ofsaydni belgilash qoidasi o'zgarishi kutilmoqda.

"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi, hozirda FIFAning futbolni global rivojlantirish bo'limi rahbari lavozimida ishlayotgan Arsen Venger quyidagi o'zgarishni taklif etgan edi: agar gol urish mumkin bo'lgan tana qismlaridan biri (istalgan qismi) oxirgi himoyachi bilan bir chiziqda yoki uning orqasida bo'lsa, garchi qolgan qismlari bu chiziqdan tashqarida bo'lsa ham, o'yinchi ofsaydda hisoblanmaydi. O'yindan tashqari holat faqat o'yinchining butun tanasi raqib darvozasi chizig'iga to'p va raqibning oxirgi himoyachisiga nisbatan yaqinroq bo'lgandagina qayd etiladi.

Ispaniyalik sobiq hakam va Cadena SER nashrining hakamlik bo'yicha eksperti Eduardo Iturralde Gonsalesning aytishicha, Venger nomidagi bu tuzatish noyabr oyida tahlil qilinadi va futbol qoidalarini tartibga soluvchi Xalqaro futbol associaciyalari kengashi (IFAB) tomonidan maqullanish ehtimoli yuqori.

IFAB azolari (23 nafar o'yinchi va 11 nafar hakam) tomonidan ko'rib chiqilgandan so'ng, qoidani o'zgartirish masalasi tasdiqlash uchun ovozga qo'yiladi. Ovoz berish 1 mart kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Iturraldening takidlashicha, agar qoida tasdiqlansa, u 2026 yilda kuchga kiradi - ehtimol, AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladigan jahon chempionatidan boshlab tadbiq etiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
19 okt 20:34:02
Бахтиёр Ашуров
Яхши бўларди. Агар амалга ошса. Голлар сони ошади!
   
19 okt 19:36:32
Sardorbek..
REAL MADRID foydalanuvchining fikriga javob berish
Оффсайдга тушавериб ZZZ бўлиб кетади шу бечора Эмбаппе :-D xD
Buni to'g'ri qabul qilish kere Mbappe Realga kelguncha necha yillab vinger sifatida o'ynadi o'tgan sezon markaziy xujumga moslashdi mana bu yildan sekin asta offsaydni ushlashni o'rganyapti menimcha uje yanagi mavsumdan bemalol offsaydga tushmasdan o'ynasa kere
   
19 okt 19:04:15
REAL MADRID
QosimNozimBavariyaChmpn foydalanuvchining fikriga javob berish
Shomurodov toʻpurar boʻlardi hozir
Агар шунақа хатоликлар бўлмаса, балки, бу янги қоида муҳокамага ва овозга қўйилмасмиди!
   
19 okt 19:02:50
REAL MADRID
Sardor foydalanuvchining fikriga javob berish
Hech kimning davri yo'q. Mibappening davri keldi tamom
Оффсайдга тушавериб ZZZ бўлиб кетади шу бечора Эмбаппе :-D xD
   
19 okt 19:00:49
QosimNozimBavariyaChmpn
Shomurodov toʻpurar boʻlardi hozir
   
19 okt 18:54:50
Sardor
Hech kimning davri yo'q. Mibappening davri keldi tamom
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика