So’nggi yangiliklar

01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  1 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   9 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  5 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Yangi davraning boshlanishi: A Seriya 20-tur prevyusi Yangiliklar

Yangi davraning boshlanishi: A Seriya 20-tur prevyusi

Bugun Italiya A Seriya 20-tur o'yinlariga start beriladi.

"Napoli" — "Salernitana"

Valter Maccarida o'yinchilar yo'qligi sabab katta bosh og'rig'i mavjud. Angissa va Osimxen o'z terma jamoalari safida, Meret va Natan jarohat olgan, shuningdek Maccokining diskvalifikaciyasini ham esdan chiqarmaslik kerak. Bunday vaziyatda har hil eksperimentlar haqida gap bo'lishi mumkin ham emas. Ammo, Inzagida ham tarkib bilan ulkan muammolar bor, bir qator o'yinchilar jarohat olgan, Jovanni va Kulibali Afrika millatlar kubogiga ketishgan. Xursand qiladigan tarafi, Kastanos safga qaytgan, ammo o'yinni to'liq o'tkazishga hali tayyor emas.

"Napoli" birinchi davrada mehmonda 2-0 hisobida osonlik bilan g'alaba qozongandi va ular bu erda ham favoritlar, ammo "Napoli"ning hozirda qanchalik zaif ekanligini hisobga olgan holda bir narsa deb bo'lmaydi. "Salernitana" hatto eng yaxshi holatida bo'lmagan payti ham kurashishi mumkin, bundan tashqari ushbu o'yin ikki jamoa muxlislari uchun principiallik kasb etadi va "Salernitana"ning Neapolda o'ynash xohishi o'zgacha.


"Monca" — "Inter"

Di Gregorioning jarohati unchalik jiddiy bo'lib chiqmadi, ammo u Kaprari va Machin kabi ushbu o'yinni o'tkazib yuboradi, ammo maydonda Karboni ko'rinish berishi mumkin. Hujumda Kapaldining qo'llovi bilan odatiy Kolombo-Moto juftligi hosil bo'ladi. Simone Inzagining tarkibda qandaydir o'zgarishlar qilishiga ishonish qiyin, Dimarko asosiy tarkibda chiqishi mumkin, hujumda odatiy Lautaro-Tyuram juftligi, jamoaning yangi o'yinchisi Bushann esa o'yin qaydnomasiga kirishi kerak.

O'tgan safar Martinesning dubli "Inter"ga 2-0 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi. "Neradzurri" bu o'yinda ham favorit. Jamoa A Seriyada etakchilik qilmoqda va tabiiyki bu maqomdan voz kechmoqchi emas. "Neradzurri"da qiyinchilik bo'lishi istisno etilmagan, "Monca" so'nggi vaqtlar ancha qo'shdi va ular bilan hisoblashishga to'g'ri keladi.


"Kalyari" — "Bolonya"

Luvombou Afrika millatlar kubogiga ketdi, Oristano, Lapadulla va SHomurodov hali ham jarohatda, shunday ekan "Kalyari" hujumida Viola va Petanyani kutish mumkin. Boshqa chiziqlarda ham muammolar bor, shunday ekan Raneri eksperimentlar qilishiga to'g'ri keladi. "Bolonya"ning eng katta yo'qotishi diskvalifikaciya qilingan asosiy to'purari Zirkzedir, uni o'rnini Van Xoydonk egallaydi. Jamoa shuningdek Karlson, Sumaro va El Azzuzi yordam bera olmaydi. Orsolinining markazda o'ynash ehtimoli yuqori, hujum qanotiga esa Fabbian yuboriladi.

"Bolonya" o'tgan safar uyida 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Qizig'i, ekspertlar hozir ham "rossoblu"ni favorit sifatida ko'rishmoqda, ammo "Bolonya" hozirda unchalik ham yaxshi formada emas, ular mehmonda unchalik ham omadli o'ynashmayapti. "Kalyari"ni esa uy jamoasi desa bo'ladi, "orolliklar"da muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari ko'proq deb o'ylayman.


"Milan" — "Roma"

"Milan" yana tarkib bilan bog'liq katta muammolarga ega, shunday ekan Pioli himoyaning o'ng qanoti bilan nima qilish kerakligini o'ylashiga to'g'ri keladi. Maydon markazida Reydersning yonida Adli paydo bo'lishi kerak, Okafor esa tiklanadi va zaxiradan o'yinni kuchaytirishi mumkin. Dibala yana jarohat oldi, shunday ekan hujumda Belotti-Lukaku dueti kutilmoqda. Mudofaa markazida A Seriyada debyut qilgan Xyusen tushishi kerak. U Manchini va Lorente bilan trio hosil qiladi.

"Milan" o'tgan safar uyida 2-1 hisobida g'alaba qozondi, bu erda uydagi o'yinda ham "rossoneri" favorit hisoblanadi. Ikki jamoa ham kadrlar bilan bog'liq katta muammolarga uchrashgan, shunday ekan ularning qanday hal etilishi juda muhim, bularning barchasi esa tomoshabop o'yinga yo'l ochishi mumkin, u yoki bu jamoa hujum qiladi va ko'plab xatolarga yo'l qo'yadi.


"Yuventus" — "Sassuolo"

Kambyazoning safga qaytishi Allegri uchun yaxshi yangilik bo'ldi, Raboning yo'qotilishi esa ancha yomon ko'rinmoqda. Keza va Aleks Sandro hali tiklanmoqda, shunday ekan hujumda yana Vlaxovich-Yildiz juftligi bo'ladi. Yaxshiyamki yaqinda safga qaytgan Berardining kichik jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi, shunday ekan Dionizi "keksa sinora"ga qarshi o'yinda odatiy Lorent-Pinamonti-Berardi uchligiga umid bog'lashi mumkin, ha, qolgan o'yinchilar safda, "neroverde"da jarohatlar va diskvalifikaciyalar bilan muammo yo'q.

"Sassuolo" birinchi davrada "Yuventus"ni 4-2 hisobida mag'lub etgandi, shunday ekan "keksa sinora" Turinda qasos olishga urinib ko'radi. "Yuventus" o'shandan beri kuchaydi, ayniqsa mudofaada, shunday ekan o'sha muvaffaqiyatni takrorlash "neroverdi" uchun qiyin bo'ladi, ochko olish ham.


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика