So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  0 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  11 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Yakuba Bamba: "Inson salomatligi barcha narsalardan ustun turadi" Yangiliklar

Yakuba Bamba: "Inson salomatligi barcha narsalardan ustun turadi"

“Qo'qon-1912” jamoasida bu mavsum ilk marta Afrika qitasidan kelgan futbolchi to'p surmoqda. Ko'p sonli muxlislarimizning istaklariga binoan, Kot-d’Ivuarlik Yakuba Bamba bilan suhbat uyushtirdik.

- O'zbekistonga kelishingiz qanday amalga oshdi? Kim sizni Qo'qon jamoasiga taklif qildi?
- Men O'zbekistonga boshqa jamoaning taklifi bilan kelgan edim. Lekin taqdir shunday bo'ldiki men “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisiga aylandim. Toshkentda bo'lib o'tgan qishki yig'inlar davomida bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov men bilan gaplashdi. Bu inson bilan gaplashganimdan so'ng menda Qo'qon jamoasida o'zimni sinab ko'rish istagi paydo bo'ldi.

- Siz oldin O'zbekiston haqida bilarmidingiz? O'zbekiston haqida tasavvuringiz qanday?
-Men avval O'zbekiston haqida bilmas edim. Bu erga kelishimdan oldin O'zbekistonda bo'lgan do'stimdan O'zbekiston haqida so'raganman. Do'stim yurtingiz haqida judayam iliq fikrlarni bildirgan va menda tezroq O'zbekistonga kelish istagi paydo bo'lgan. Bu erga kelgan kunlarimning boshidanoq , xato qilmaganimni anglaganman. Juda ham mehmondo'st, samimiy insonlar ko'p bu makonda. SHuningdek o'zbek taomlari ham juda mazali.

- Qo'qonga kelishingizdan oldin qaysi jamoalarda to'p surgansiz?
- So'nggi ikki yil mobaynida Rossiyaning “Orenburg” hamda Belorusning “Sluck” jamoalari safida o'ynaganman.

- Oilangiz haqida ham gapirib bersangiz?
- Mening juda yaxshi oilam bor.Onam, akam va singlim bor. Men ularni juda yaxshi ko'raman. Akam ham professional futbolchi. Men uchun oila muqaddas.

Bolaligimda hamma bolalar kabi oddiy bola edim. Maktabdan so'ng o'rtoqlarim bilan ko'chada to'p tepishni yaxshi ko'rar edim. 18 yoshimda futbol akademiyasi jamoasida o'ynadim. Keyin esa Kot-dIvuarning eng kuchli klubi safida uch mavsumni o'tkazdim.

- ”Qo'qon-1912” jamoasiga moslashish qiyin bo'lmadimi?

- Jamoaga kirishib ketishim qiyin bo'lgani yo'q. Jamoadoshlarim meni juda yaxshi kutib olishdi. Futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlari bilan munosabatlarimiz alo darajada. Jamoadoshlarim menga yordam berishmoqda.  Bu jamoada ekanimdan xursandman.

- Hozirgi kunda koronavirus tufayli futbol o'yinlari to'xtatilgan , bu jarayonga sizning munosabatingiz qanday?
- Albatta futbolsiz hayot juda zerikarli bo'lyapti. Lekin hozirgi vaziyatni to'g'ri tushunaman. Inson salomatligi barcha narsalardan ustun turadi. Umid qilamanki biz tez orada bu holatdan chiqib ketamiz.

- O'zbek futboli haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday?
- O'zbek futbolining darajasi ancha yaxshi. Ochig'i men kutganimdan ham yaxshiroq darajada deb ayta olaman. O'yinlarda g'alaba qozonish hech qaysi jamoaga oson emas.

- SHu kunlarda O'zbekistonda navro'z bayrami nishonlanmoqda. Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor ?
- Avvalo ularga va ularning oila azolariga sog'lik tilayman. Umid qilamanki muxlislarimiz biz ko'rsatayotgan natijalardan mamnun bo'lishadi. Qo'qonlik muxlislarga iliq kutib olishgani uchun cheksiz minnatdorchiligimni etkazib qo'ysangiz. Bayram barchalariga muborak bo'lsin !

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика