Xushidan ketgan "Luton Taun" sardoriga nima bo'lgan edi?
17 dek 2023 02:12
Yangiliklar
Xushidan ketgan "Luton Taun" sardoriga nima bo'lgan edi?
Mezbonlar sardori Tom Loker maydonda xushini yo'qotib, maydonga yiqildi. SHundan so'ng unga shifokorlar tez tibbiy yordam ko'rsatishdi. Uchrashuv esa ushbu daqiqadan to'xtatildi.
"Luton Taun" matbuot xizmati futbolchiga nima bo'lgani haqida rasmiy bayonot berdi:
"Tibbiyot xodimlarimiz jamoa sardori maydonda yurak xurujiga uchraganini, biroq u zambilda olib ketilgan paytda tuzalib ketganini tasdiqlashdi.
U stadionning o'zida xushiga keldi, buning uchun har ikki tomonning tibbiy jamoalariga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz.
Tom kasalxonaga yotqizildi, uning ahvoli barqaror va hozirda oilasi davrasida qo'shimcha tekshiruvlardan o'tmoqda.
Biz barchaga ko'rsatgan qo'llab-quvvatlashlari, havotirlari va Lokerga aytgan iliq so'zlari uchun minnatdorchilik bildiramiz".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar