Xurshid G'iyosov: "Neftchi"ga moslashish o'ylaganimdan ham osonroq kechdi"
23 jan 08:05
Yangiliklar
Xurshid G'iyosov: "Neftchi"ga moslashish o'ylaganimdan ham osonroq kechdi"
Jamoaga qishki transferlar davrida kelib qo'shilgan Xurshid G'iyosov yig'in haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"Mashg'ulotlar har kuni ikki mahaldan o'tmoqda. Oson, deya olmaymiz, chunki bu yig'in. Murabbiy istagan narsani bajarib berishga harakat qilyapmiz, albatta, bunga vaqt ham kerak. Chempionatga tayyor holda boramiz, deb o'ylayman.
Jamoaga moslashish jarayoni men o'ylagandan ham osonroq kechdi. Ichki muhit ajoyib. "Neftchi"da hamma o'zimga tanish, qiyinchilik bo'lgani yo'q.
"Neftchi" — chempion jamoa. Yangi mavsumda bizga oson bo'lmaydi. Raqiblar bizga qarshi boshqacha tayyorgarlik ko'rishadi. Shunga yarasha biz ham hozirlik ko'rib, chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
To'g'ri, nazorat o'yinlari bor, mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tmoqda. Mashg'ulotlarda qiyin, lekin chempionatda oson bo'ladi", — deydi Xurshid G'iyosov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar
uynash qiyin sizlar aylanib yurishilar kerak va 16 jamoada uynab chiqishilar kerak